Egamberdiev Jasurbek Jahongirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «So‘zlarning metaforik ma’nolarini izohli lug‘atlarda kodifikatsiyalash tamoyillari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2019.2 PhD/Fil.1001.
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtor Ishonxodjaevich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlatuniversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori; Samandarov Rustamjon Do‘syorovich,filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: metaforaning leksik-semantik, lingvomadaniy xususiyatlarini ochish bilan birga ularni lug‘atlarda kodifikatsiyalash usullarini tahlil qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metaforalarning milliy tabiati, olam lisoniy va leksikografik manzarasidagi o‘rnini tadqiq etish natijasida ularni lug‘atlarda kodifikatsiya qilish usullari yoritilgan hamda metaforik leksikaning lug‘at tarkibida tutgan o‘rni aniqlangan;
metaforik so‘zlik ma’nosining umumiste’mol normativ til doirasida qo‘llanish darajasi aniqlanib, arxaik ma’noli metaforalarning lug‘atlarda berilishi va neologik metaforalarning kodifikatsiyalanishi mezonlari oydinlashtirilgan; 
metaforizatsiyaning milliy ruhiyat va ma’naviy qadriyatlar zaminida amalga oshadigan lingvomadaniy hodisa ekanligini asoslash natijasida tilda ko‘chimning lisoniy va nutqiy ko‘chim kabi ko‘rinishlari mavjudligi isbotlangan;
fitometaforizatsiya poetik matnda ikkilamchi va uchlamchi nominatsiya jarayoni bo‘lib, asosan ma’rifiy-badiiy, badiiy-ma’rifiy, ma’rifiy-taqlidiy va badiiy asosdagi fitometaforaga bo‘linishi dalillangan;
lug‘atlarda bosh so‘zning ko‘chma, metaforik va omonim ma’nolari farqli ravishda kodifikatsiyalanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
So‘zlarning metaforik ma’nolarini izohli lug‘atlarda kodifikatsiyalash tamoyillari tadqiqiga oid asosiy xulosalardan va olingan ilmiy natijalar asosida:
dunyo tillarida metaforik ma’noni ifodalashda tilning struktur-semantik jihatlaridagi o‘ziga xosliklarni qiyoslab aniqlash, lug‘atlarni shakllantirishning tamoyillari xususidagi xulosalaridan ITD-1-57 raqamli “O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 89-03-2118-son ma’lumotnomasi). Natijada turli lingvomadaniyat vakillarining kommunikativ samaradorligini ta’minlash borasidagi qarashlarni shakllantirishga erishilgan;
so‘z ma’nosining komponent tahlil qilinuvchi sistema sifatidagi tabiatini ochib berish hamda tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlarida so‘z talqinlariga oid xulosalaridan “OT-F8-057 raqamli “O‘zbek tilini  sistemaviy tadqiq etishning metodologik asoslari, metod va prinsiplarini shakllantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 89-03-2118-son ma’lumotnomasi). Natijada til birliklarining sistemaviy xususiyatlarini o‘rganishdagi metodologik muammolar o‘z echimini topgan;
tadqiqotda amalga oshirilgan tahlillar natijalaridan “O’zbekiston” telekanalida tayyorlanib, efirga uzatilgan “Tilga e’tibor”, “Assalom O‘zbekiston!” ko‘rsatuvlarini efirga tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 12 iyundagi 02-13-669-son ma’lumotnomasi) Natijada ko‘rsatuvlar ssenariysini mazmunan boyitishga imkon yaratgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                