Abobakirova Zebuniso Asrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er osti konstruksiyalari uchun ionogen tabiatli qo‘shimchali samarali korroziyaga chidamli beton tarkibini loyihalash va xossalarini optimallashtirish», 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T127.
Ilmiy rahbar: Goncharova Natal`ya Ivanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Kosimov Irkin,texnika fanlari doktori, professor; Siddiqov Ikromjon Iminovich, texnika fanlari nomzodi,dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi er osti konstruksiyalari uchun ionogen tabiatli qo‘shimchalardan foydalanib, korroziyaga chidamli samarali beton tarkibini ishlab chiqish va xossalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ionogen tabiatli kimyoviy qo‘shimcha, issiqlik elektr markazi (IEM) kuli va faollashtirilgan suvning miqdoriy ta’sirini hisobga olgan holda korroziyaga chidamli betonda struktura hosil bo‘lish mexanizmi aniqlangan;
korroziyaga chidamli betonning fizik-mexanik xususiyatlari ionogen tabiatli kimyoviy qo‘shimcha va kukunli to‘ldirgich ta’siri hisobiga oshirilgan  va uzoq  muddatga chidamliligi ta’minlangan; 
korroziyaga chidamli betonning mustahkamligini uning tashkil etuvchilari miqdoriga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan;
korroziyaga chidamli betonning hajmiy gidrofoblanish va zichligining ortishi, uning suv o‘tkazmasligi, ichki va xususiy tarkibiy kuchlanishlarning relaksatsiyasi natijasida korrozion chidamliligining ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er osti konstruksiyalari uchun ionogen tabiatli qo‘shimchali samarali korroziyaga chidamli beton tarkibini loyihalash va xossalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ionogen tabiatli qo‘shimchadan foydalanib, ishlab chiqariladigan beton tarkiblari “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” OAJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 9646/09-07-son va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2019 yil 29 noyabrdagi 05/15-3075–son ma’lumotnomalari). Natijada, tozalash qurilmalarining er osti inshootlarida 6000 m3 hajmdagi beton partiyasi ishlab chiqarilgan va sement sarfini 25-30% ga kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy xom-ashyodan foydalanib, beton ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyasi “Zilxa temir beton mahsulotlari” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 9646/09-07-son va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2019 yil 29 noyabrdagi 05/15-3075-son ma’lumotnomalari). Natijada, 3000 m3 hajmda foydalanish uchun plita ishlab chiqarilgan va bu amaldagi standart talablariga javob beruvchi mahsulot olish imkonini bergan;
korroziyaga chidamli betonning optimal tarkibdagi namunalari “Zilxa temir beton mahsulotlari” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 9646/09-07-son va «O‘zsanoatqurilish-materiallari» uyushmasining 2019 yil 29 noyabrdagi 05/15-3075-son ma’lumotnomalari). Natijada, iqtisodiy samaradorlikni 1,2 baravarga, mustahkamligini esa1,3 martagacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish