Eshquvvatov Bekzod Bekqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘oldi tekislik va yoyilma landshaft komplekslarini mikrozonalashtirish hamda xo‘jalik maqsadlarida baholash (O‘rta Zarafshon misolida)», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.3.PhD/Gr115. 
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Qo‘ziboeva Ozodxon, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘oldi tekislik va yoyilma landshaftlarini qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadlarida baholash hamda mikrozonalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p zonali kosmik suratlar spektrining eng optimal diapazonlarini (spektrning qizil (R4) va infraqizilga yaqin (NIR5) sohasi) aniqlash orqali landshaftlardagi ekin turlarini joylashtirish sxemasini takomillashtirishning asosi bo‘lgan vegetatsion indekslarni hisoblash epyurasi (grafikning maxsus shakli) ishlab chiqilgan;
tog‘oldi tekislik va uning yoyilma landshaftlarini funksional-dinamik xususiyatidan kelib chiqib, ularning tabiiy resurs salohiyati qishloq xo‘jaligi uchun baholangan hamda ArcGIS dasturi yordamida landshaftlardan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishning (1:1000000 masshtabli) maxsus mavzuli kartalari yaratilgan;
erozion jarayonlar va oqimning geomorfologik bog‘liqligi tamoyili asosida landshaftlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish imkoniyatlari va ekin erlarining xo‘jalik yuritish uchun qulayligi baholangan;
qishloq xo‘jalik ekinlarini optimal joylashtirish sxemasini takomillashtirishning asosi bo‘lgan havza landshaftlari agroiqlim ko‘rsatkichlari, vegetatsion indekslar va qiyalik (slope) ni o‘zgarishini mezon sifatida olib hudud qishloq xo‘jalik maqsadlarida rayonlashtirilgan va mikrozonalarga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Landshaftlarni xo‘jalik maqsadlarida baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘p zonali kosmik suratlar spektrining eng optimal diapazonlarini (spektrning qizil (R4) va infraqizilga yaqin (NIR5) sohasi) aniqlash orqali asoslangan vegetatsion indekslarni hisoblash epyurasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 02/022-1-1621-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa va mahalliy hududlarda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligi erlarining unumdorligini ko‘rsatish imkonini bergan;
tog‘oldi tekislik va uning yoyilma landshaftlarini ArcGIS dasturi yordamida tuzilgan (1:1000000 masshtabli) maxsus mavzuli kartalari Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 02/022-1-1621-son ma’lumotnomasi). Natijada, erlarni yaroqliligini kompleks baholashdan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan;
erozion jarayonlar va oqimning geomorfologik bog‘liqligi tamoyili asosida landshaftlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish imkoniyatlari va ekin erlarining xo‘jalik yuritish uchun qulayligiga doir baholash mezonlaridan Qishloq xo‘jaligi vazirligida qishloq xo‘jalik erlarining yaroqliligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 02/022-1-1621-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi er turlari yaroqliligini kompleks baholash chora-tadbirlari ishlab chiqish imkonini bergan;
qishloq xo‘jalik ekinlarini optimal joylashtirish sxemasini takomillashtirish bo‘yicha ajratilgan rayonlar va mikrozonalardan Qishloq xo‘jaligi vazirligida ekinlarni joylashtirish sxemasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 02/022-1-1621-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekinlarni joylashtirish sxemasini takomillashtirish imkonini bergan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                