Nazarov Maqsudjon Geldiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo havzasining antropogen landshaftlari va ularning geoekologik holati», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr91. 
Ilmiy rahbar: Abdulqosimov Ali, geografiya fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori; Boymirzaev Karimjon Mirzamaxmudovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo havzasi antropogen landshaftlarini tasniflash va geoekologik holatini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
landshaftlarning makon va zamonda antropogen transforsiyalanishi (o‘zgarishi) va yangi modifikatsiyalarni vujudga kelishini aniqlashning landshaft-tizimli metodi masofaviy zondlash ma’lumotlarini deshifrovkalash yordamida takomillashtirilgan;
Qashqadaryo havzasi uchun xos bo‘lgan antropogen landshaftlarni tasniflashning taksonomik birliklar qatori ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo havzasining 1:1000000 masshtabli landshaft hamda Qashqadaryo havzasi va unga tutash hududlarning 1:200000 masshtabli geoekologik holatini baholovchi kartalar yaratilgan;
majmuali va tizimli tahlil asosida havzada vujudga kelgan geoekologik vaziyatlar baholangan hamda ularning geoekologik holatlarini yaxshilashga doir ifloslovchi manbalar ta’sirini kamaytirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo havzasi antropogen landshaftlari va ularning geoekologik holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
landshaflarning antropogen transforsiyalanishi va yangi modifikatsiyalarining vujudga kelishini deshifrovkalashga doir ilmiy natijalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 2 fevraldagi  03-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, deshifrovkalash yordamida antropogen landshaftlarning modifikatsiyalanishini aniqlashni landshaft-tizimli metodini takomillashtirish imkonini bergan;
antropogen landshaftlarni tasniflash sxemasi asosida aniqlangan taksonomik birliklar qatoriga doir olingan ilmiy natijalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 2 fevraldagi 03-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo havzasi antropogen landshaftlarni tasniflashning taksonomik birliklar qatori tabiiy resurslardan oqilona foydalanish  imkonini bergan;
Qashqadaryo havzasining geoekologik holatni baholashga doir 1:1000000  va  1:200000 masshtabli kartalari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 2 fevraldagi  03-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur karta viloyatning geoekologik kartasini yaratish imkonini bergan; 
havzada vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarni optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 2 fevraldagi 03-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyati hududi geotizimlaridagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini yanada aniqlashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish