Adilova Ozoda Amonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘ landshaflarida cho‘llanish jarayonini tayanch-tajriba uchastkalar yordamida kartalashtirish va baholash (G‘o‘bdin tog‘i misolida)», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Gr29. 
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Arzimurod, geografiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Alibekov Lapas Alibekovich, geografiya fanlari doktori, professor; Yuldashov Abrorjon Ubaydulloevich, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘ landshaftlarida cho‘llanish jarayonini dala tayanch-tajriba uchastkalarda aniqlash va olingan miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan cho‘llanish ko‘lami va dinamikasini ochib berish asosida ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ va tog‘oldi landshaft komplekslarida cho‘llanish jarayonini monitoring qilishning transekt yo‘nalishida «to‘r usuli» takomillashtirilgan; 
G‘o‘bdin tog‘ va tog‘oldi landshaftlarining cho‘llanish darajalarini ko‘rsatuvchi yirik (1:5000, 1:25000, 1:200 000) masshtabli kartalari yaratilgan.
G‘o‘bdin tog‘ va tog‘ oldi landshaftlarining cho‘llanish jarayonlari  (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli) prognozlari ishlab chiqilgan;  
cho‘llanishni oldini olish, fitomeliorativ tadbirlarni olib borish, shamoldan energiya olish bo‘yicha agrofitotsenozlar yaratish taklifi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘ landshaftlarida cho‘llanish jarayonini tayanch-tajriba uchastkalari yordamida kartalashtirish va baholash (G‘o‘bdin tog‘i misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
G‘o‘bdin tog‘ida o‘rnatilgan tayanch-eksperimental uchastkalarda o‘simliklar degradatsiyasini aniqlash va tuproq eroziyasiga qarshi olib borilgan chora-tadbirlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida respublikada yaylovlarning o‘simliklar holatini monitoringini o‘tkazish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 17 fevraldagi 02-02/8-162-son ma’lumotnomasi). Natijada, G‘o‘bdin tog‘ida cho‘llanish jadalligini, ko‘lamini miqdoriy baholash imkoniyatini yaratish va tog‘ yaylovlaridan samarali foydalanish imkonini bergan;
dala-eksperimental miqdoriy ma’lumotlari asosida cho‘llanish jadalligi va ko‘lamini ko‘rsatuvchi (1:5000, 1:25000, 1:200 000) masshtabli cho‘llanish kartalari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 17 fevraldagi 02-02/8-162-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ landshaftlaridan oqilona foydalanish va yaylov sig‘imini me’yorlashtirishda ushbu kartalardan asos sifatida foydalanish imkonini bergan;
G‘o‘bdin tog‘ va tog‘ oldi landshaftlarining cho‘llanish jarayonlarini  qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 17 fevraldagi 02-02/8-162-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylovlardan takror foydalanishga doir tadbirlar, yaylovlarda o‘simlik qoplamini saqlab turish va kelajakdagi o‘zgarishlarini aniqlash kabi vazifalar echimini topish imkonini bergan;
G‘o‘bdin tog‘ining cho‘llanish jarayonini «to‘r usuli»da kartalashtirish orqali baholashga doir ilmiy natijalar O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 10 martdagi 05-21-733-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon xo‘jaligida iqtisodiy daromadni oshirish imkonini bergan.  
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                