Saatova Lolaxon Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali boshqarish («O‘zbektelekom» AK misolida)», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt432.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi innovatsion faoliyatga ichki va tashqi omil ta’sirini oldindan aniqlash orqali soha boshqaruvining samaradorligini oshirish asoslangan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion indeksning maqbulligi va maqsadga muvofiqligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar aniqlanib, boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish jihatidan takomillashtirilgan;
kompaniya rivojlanish strategiyasi tarkibida innovatsion madaniyat va salohiyatni ifodalovchi tarkibiy qismlarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida «O‘zbektelekom» AKning innovatsion rivojlanish strategiyasini tanlash va amalga oshirish modeli taklif etilgan;
O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimini takomillashtirishning iqtisodiy-matematik modeli asosida 2023 yilga qadar internet xizmatlarini rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi innovatsion faoliyatga ichki va tashqi omil ta’sirini oldindan aniqlash orqali soha boshqaruvining samaradorligini oshirish, kompaniyaning iste’molchilar bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatish tizimini innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 30 dekabrdagi 27-03-08/5797-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi kompaniya xizmatlaridan foydalanuvchilar bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatish tizimini ishlab chiqish imkonini berib, natijada, kompaniya xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 5 foizga oshgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion indeksning maqbulligi va maqsadga muvofiqligini ifodalovchi, innovatsion faoliyatni boshqarishning uslubiy asoslarini qiyosiy tahlil qilish hamda uning samaradorligini baholovchi integral ko‘rsatkich va indikatorlarning takomillashtirilgan tizimi Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” DUK tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” DUKning 2019 yil 20 fevraldagi 1-1/303-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, korxona innovatsion faoliyatining maxsuldorlik, yuqori texnologiyalar, tadqiqotchilar ulushi, patent faoliyati kabi ko‘rsatkichlarining salmog‘i oshgan;
korxonaning innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish, strategiya ishlab chiqish va strategiya samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali boshqarish strategiyasini tanlash modeli “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 30 dekabrdagi 27-03-08/5797-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelning amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2018 yilda 2017 yilga nisbatan kompaniya xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini 1,6 barobarga, xizmat ko‘rsatish hajmini 4 foizga oshirishga erishilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimini takomillashtirishning iqtisodiy-matematik modeli asosida ishlab chiqilgan 2023 yilga qadar internet xizmatlarini rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari, internet tarmog‘iga ulanish narxi va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 30 dekabrdagi 27-03-08/5797-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, kompaniyaning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari, jumladan, internet xizmatlarini rivojlantirish ko‘rsatkichlarini aniqlashtirishga erishilgan.