Yusupov Umidbek Boltaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ixtisoslashtirilgan avtotransportlarni kar`er sharoitida ishlashini hisobga olgan holda, shinalarining yurishini me’yorlash uslubini yaratish”, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T954.
Ilmiy rahbar: Topalidi Valeriy Anatol`evich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, DSc.18/30.12.2019.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor; Aliboev Baxtiyor Abduraxmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslashtirilgan transport vositalarini kar`er sharoitida ishlashini hisobga olib, shinalar yurish masofasini me’yorlash uslubini yaratish va eyilishga bardoshligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli toifali yo‘l sharoitida, jumladan, kar`er yo‘llarida ixtisoslashtirilgan transport vositalari (ITV) shinalarining eyilish dinamikasi aniqlangan;
prof. M.M.Protod`yakonov shkalasi bo‘yicha kar`er yo‘llari asosini tashkil etuvchi tog‘ porodasining qattiqligiga bog‘liq bo‘lgan ITV shinalarining yurish masofasini tuzatish koeffisientlari ishlab chiqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan;
V - toifali ekspluatatsiya sharoiti, kar`er chuqurligidan kelib chiqib, ikkita Va va Vb guruhga ajratilgan va kar`er yo‘l qoplamasini baholovchi –D7 kar`erning ichki va otval yo‘llari qo‘shimcha kiritilgan;
avtotransport vositalarining turli toifali yo‘llarda va kar`er sharoitida ishlashini hisobga olib, shinalar yurish masofasini me’yorlashning o‘ziga xos universal uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ITVlarining kar`er sharoitida ishlashini hisobga olib, shinalari yurish masofasini me’yorlash uslubini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kar`er yo‘llariga asos sifatida yotqizilgan tog‘ porodalarining qattiqligiga bog‘liq bo‘lgan ITV shinalarining yurish masofasini tuzatish koeffisientlari birinchi marotaba ishlab chiqilib, (“Olmaliq KMK” AJda Kgp =0,275; “Qizilqumsement” AJda Kgp =0,6125; “O‘zbekko‘mir” AJda Kgp =0,8) joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2020 yil 10 iyundagi AA-004414-son ma’lumotnomasi, Transport vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 2/3300-6066-son ma’lumotnomasi). Natijada, shinalar yurish masofasini tuzatish koeffisientlari O‘zbekistondagi barcha kar`erlarda ishlatilayotgan ITVlari shinalarini me’yorlash imkonini bergan;
avtotransportlarning kar`er sharoitida ishlashini hisobga olib, shinalarining yurish masofasini me’yorlash uchun universal o‘ziga xos uslub ishlab chiqilgan hamda “Olmaliq KMK sharoitida avtotransport vositalarining shinalarini me’yorlash va ulardan foydalanish qoidalariga oid qo‘llanma” foydalanish uchun tavsiya etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2020 yil 10 iyundagi AA-004414-son ma’lumotnomasi, Transport vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 2/3300-6066-son ma’lumotnomasi). Natijada, ITVlari shinalari yurishining me’yoriy masofasi 20% gacha oshishiga erishilgan;
“Olmaliq KMK” AJda foydalanilayotgan ITVlari uchun shina o‘lchami 12.00R20 bo‘lgan bitta KrAZ-65055 samosvali misolida, shinalardan to‘g‘ri foydalanish, shinalarni me’yorlash va tanlash bo‘yicha uslub tadbiq etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2020 yil 10 iyundagi AA-004414-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiyalardan tahminiy yillik iqtisodiy samaradorlik 6510000 so‘mni tashkil qilgan.