Toshpo‘latov Bekzod Ulug‘muradovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chizel-kultivatorning texnologik ish jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T327.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktor, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Abdukarim Atxamovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mavjud chizel-kultivatorlarni texnik va texnologik jihatdan takomillashtirish hisobiga erlarga ekish oldidan ishlov berishda ish sifati va unumini oshirish hamda energiya hajmdorlikni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chizel-kultivatorlarning agrotexnik ish ko‘rsatkichlari va unumini oshirish hamda material va energiya hajmdorligini kamaytirish asosida takomillashtirilgan konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
takomillashtirilgan chizel-kultivatorning parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar chiqarilgan va ularning o‘zgarish chegaralari aniqlangan;
takomillashtirilgan chizel-kultivatorning ishlov berish chuqurligi bo‘yicha barqaror harakati traktor osish mexanizmi va chizel-kultivator osish qurilmasining parametrlari va o‘lchamlarini hisobga olgan holda baholangan;
olingan bog‘lanishlar va regressiya tenglamalari asosida takomillashtirilgan chizel-kultivator parametrlarining maqbul qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitida tuproqqa ekishdan oldin ishlov berishda qo‘llaniladigan chizel-kultivatorlarni texnologik ish jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan chizel-kultivatorga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Tuproqqa ishlov beruvchi qurol», № FAP 01310-2016 yil). Natijada, ish sifati va unumi yuqori hamda energiya-resurs tejamkor chizel-kultivatorning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan chizel-kultivator tomonidan erlarga ekishdan oldin ishlov berish texnologik jarayoni bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga doir dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalash uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 dekabrdagi 02/023-4317-son ma’lumotnomasi). Natijada, dala yuzasida mayin tuproq qatlami hosil bo‘lishini ta’minlaydigan takomillashtirilgan chizel-kultivatorning tajriba nusxasi yaratilgan;
tuproqqa ekishdan oldin ishlov berish uchun ishlab chiqilgan chizel-kultivatorning tajriba nusxalari Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Quyichirchiq tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 dekabrdagi 02/023-4317-son ma’lumotnomasi). Natijada, erlarga ekish oldidan ishlov berishda yonilg‘i sarfi 1,17-1,18 martaga va foydalanishdagi xarajatlar 21-23 foizga kamaygan;
ishlab chiqilgan takomillashtirilgan chizel-kultivatorning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 dekabrdagi 02/023-4317-son ma’lumotnomasi). Natijada, asoslangan parametrlarga ega takomillashtirilgan chizel-kultivatorni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.