Bozorov Maxsum Baxshilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini kompleks tadqiq qilish uchun umumlashgan ko‘rsatkichlar ishlab chiqish”, 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T90.
Ilmiy rahbar: Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor; Abidov Qudrat G‘ayratovich, texnika fanlari bo‘yicha doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarini elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini umumlashgan ko‘rsatkichlar asosida kompleks tadqiq qilish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonasida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini umumlashgan ko‘rsatkich asosida kompleks baholash usuli ishlab chiqilgan;
umumlashgan samaradorlik ko‘rsatkichining vazn koeffisientlari qiymatlari va navbatlanish tartibi korxonada elektr energiyasidan foydalanish samaradorligi umumlashgan samaradorlik ko‘rsatkichiga ta’sirini e’tiborga olgan holda asoslangan va ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarish korxonasida elektr energiyasidan foydalanishni umumlashgan nisbiy samaradorlik ko‘rsatkichi real samaradorlik ko‘rsatkichlarini nisbiy me’yorlash va ularni yagona ko‘rsatkichga umumlashtirish orqali ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarish korxonasida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligi ekspress tahlil usulida kompleks baholash maqsadida umumlashgan nisbiy samaradorlik ko‘rsatkichini avtomatlashtirilgan hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarini elektr energiyadan foydalanishni kompleks tahlil qilish avtomatlashtirilgan tizimini qo‘llash hamda energiya sarfi bo‘yicha axborot tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energiya samaradorligini aniqlash bo‘yicha ekspress tahlil usuli “Evrosnar” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 4 iyundagi GP/3-670-son ma’lumotnomasi). Natijada, 85 mln. so‘mlik iqtisodiy samaradorlikkaerishilgan;
energiya samaradorligini nazorat qiluvchi on-layn monitoring tizimi “Evrosnar” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 4 iyundagi GP/3-670-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektr energiyasining isrofgarchiligini 2% gakamaytirish imkonini bergan;
umumlashgan nisbiy samaradorlik ko‘rsatkichini avtomatlashtirilgan hisoblash algoritmi va EHM dasturi “Evrosnar” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 4 iyundagi GP/3-670-son ma’lumotnomasi). Natijada, reaktiv quvvat sarfi darajasini ushlab turish imkoniyaratilgan.