Rustamov O‘ktam Ikramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yog‘och qurilish konstruksiyalarining olovbardoshligini oshirish”, 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1226.
Ilmiy rahbar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abduqodirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Fayzulla Nurmuminovich Nurqulov, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sattorov Zafar Murodovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti qoshidagi “STROM” ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yog‘och qurilish materiallari va konstruksiyalarining olovbardoshligini oshirishning samarali, tejamkor usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yog‘och qurilish materialiga texnogen chiqindidan olingan olovbardosh tarkib bilan ishlov berish natijasida olov- va biobardoshlik kabi yangi xossalarining shakllanishi asoslangan; 
kimyo sanoati chiqindilari asosida olingan polimer olovbardosh tarkiblarning strukturasidagi faol R-O, C-CI guruhlarning miqdori va ta’sirini hisobga olgan holda qurilish materialining olovbardosh va termik barqarorligi oshirilgan;
polimer olovbardosh tarkiblarning eritmalari konsentratsiyasi va ishlov berish davomiyligiga bog‘liqligini ifodalovchi samarador matematik model` ishlab chiqilgan;
kimyo sanoati chiqindilari asosida olingan polimer faol (R-O, C-CI) funksional molekulalarni ushlagan tarkiblar bilan ishlov berilgan olovbardosh qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yog‘och qurilish konstruksiyalarining olovbardoshligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kimyo sanoati chiqindilari asosida olingan polimer olovbardosh tarkiblar Toshkent shahridagi “INTERMEBEL” OAJ QKda olovbardosh yog‘och qipiqli plita materiallarini ishlab chiqarishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2019 yil 15 noyabrdagi 05/15-2916-son ma’lumotnomasi). Natijada, elim qatlamining mustahkamligini 3 martaga oshirish imkonini bergan;
kimyo sanoati chiqindilari asosida olingan polimer olovbardosh tarkiblar Toshkent shahridagi “12-TREST” korxonasida olovbardosh yog‘och qipiqli plita materiallarini ishlab chiqarishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2019 yil 15 noyabrdagi 05/15-2916-son ma’lumotnomasi). Natijada, 10-15% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish