Kubaev Sur’at Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilk o‘rta asrlar Sug‘d qurilish madaniyati (arxeologik materiallar asosida)»,  07.00.06-Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar113.
Ilmiy rahbar: Anarbaev Abdulhamidjon, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSs.02/02.30.12.2019. TAR.45.01.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich, tarix fanlari doktori; Raimqulov Abdisabur Azzamovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchitashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sug‘dning  IV–VIII asr3-choragigacha bo‘lgan davrdagi qurilishi va me’morchiligining o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish bosqichlarini qiyosiy tahlil qilib, ilk o‘rta asrlar Sug‘d qurilish madaniyati tarixini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xontepa va Arabtepa kabi yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar davomida ochilgan mahobatli inshoot qoldiqlari, ularning ichki tuzilishi, xonalarning qurilish uslublari, shinam va ko‘rkamligiga ko‘ra, ilk o‘rta asrlarda qishloqlarda ham shahardagi binolardan qolishmaydigan ulkan me’moriy qurilishlar qilinganligi asoslandi;
ilk o‘rta asrlar Sug‘d shaharlari mudofaa inshootlari qurilishida qo‘llanilgan texnika va qurilish materiallarining tayyorlanish texnologiyasi qiyosiy tahlil qilinib, IV–VI asrning boshlarida shahar mudofaa devorlarining qurilish texnikasida aniq o‘lchamlar yo‘qligi, VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa shahar mudofaa devorlari ma’lum bir standartga ega bo‘lgan o‘lchamlar asosida qurila boshlanganligi aniqlandi;
ilk o‘rta asrlar Sug‘d turar joylarida qo‘llanilgan “paxsa blok” qurilish materiali bronza davrida yaratilganligi, u tagsiz qolipda tayyorlanganligi arxeologik va etnografik materiallarni taqqoslash orqali asoslandi; 
ilk o‘rta asrlar diniy-me’moriy inshootlari o‘rganilib, ibodatxonalar, mudofaa inshootlari va turar joylardan farqli o‘laroq, ilk o‘rta asrlarning dastlabki davridan boshlab maxsus tagkursilar ustiga qurilib, ularning qurilish texnikasi nisbatan yuqori va qurilish materiallarining tayyorlanish texnologiyasi sifatliroq ekanligi kuzatildi.
IV. Tadqiqot natijalarinin gjoriy qilinishi.
“Ilk o‘rta asrlar Sug‘d qurilish madaniyati” mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
 Janubiy Sug‘d shaharlari mudofaa inshootlari, ibodatxonalar va turar joylar qurilishida tabiiy va aniq fanlar yutuqlaridan keng foydalanilganligi, oddiy xom g‘isht, paxsadan seysmik chidamli, haroratni bir xilda saqlovchi inshootlar barpo etilganligi haqidagi ma’lumotlari Milliy arxeologiya markazida bajarilgan “Janubiy Sug‘dning qadimgi va o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi (arxeologik va yozma manbalar asosida)” (2015–2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyiha ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 yanvardagi 3/1255-232-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar o‘zbek xalqining turar joylari bilan bog‘liq urf odatlari, an’anaviy me’morchiligining ayrim nazariy muammolariechimi sifatida xizmat qilgan;
Sug‘d madaniyatining ilk o‘rta asrlarda yuqori darajada rivojlanishi, uning me’morchilikda erishgan yutuqlari uzoq davr mobaynida qurilishda keng qo‘llanilib kelinganligi haqidagi natijalari Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi tomonidan  foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2020 yil 3-iyundagi 01/31-son ma’lumotnomasi). Buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-ma’rifiy merosini ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik sifatida qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan xissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ‘ib etib, axoli o‘rtasida, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirishda qo‘llanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish