Sandiboev Alisher Nazarbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maymurg‘ mulkligi ilk o‘rta asrlarda (arxeologik va yozma manbalarasosida)», 07.00.06-Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar689.
Ilmiy rahbar: Shirinov Timur Shirinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSs.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar:Asqarov Ahmadali Asqarovich, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Berdimurodov Amriddin Ergashovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arxeologik va yozma manbalar asosida Maymurg‘ mulkligining ilk o‘rta asrlar tarixini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Maymurg‘ tarixiga doir xitoy va arab-fors yozma ma’lumotlar bilan arxeologik materiallarni qiyosiy o‘rganish orqali mulklikning tarixiy topografiyasi, siyosiy chegarasi aniqlanib, uning arxeologik xaritasi yaratilgan;
arxeologik yodgorliklarning tuzilishi, tavsifi va tahliliga, shuningdek, yozma manbalardagi ma’lumotlarga asoslanib,Sanjarfag‘n rustoqi Qo‘rg‘ontepa arxeologik yodgorligi bilan, Novzandak esa shu nom bilan yuritilgan yodgorlik bilan lokalizatsiya qilingan hamda ularning tarixiy topografiyasiga ilmiy izoh berilgan;
Quldortepa, Kofirqal’a, Yonchashma, Ishchantepa, Istaxartepa, Shaidtepa I, Rabottepa I, Qorachekmontepa I yodgorliklaridagi qazishmalarda aniqlangan moddiy madaniyati, jumladan, me’morchiligi, hunarmandchiligini yozma manbalar bilan qiyosiy o‘rganish orqali Maymurg‘ mulkligining shakllanishi, taraqqiyoti, tanazzulining sabablari ochib berilgan hamda uning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy madaniyati va savdo munosabatlari tarixi yoritilgan;
ilk o‘rta asrlar davriga oid Kofirqal’a shahar xarobasi atrofidan ochilgan pishirish qavati gumbazsimon usulda yopilgan ikki yarusli xumdonlar kulolchilik idishlarini pishirishda qulayligi, yoqilg‘i mahsulotlarini ishlatishda tejamkor ekanligi etnografik ma’lumotlar asosida isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Maymurg‘ mulkligi ilk o‘rta asrlarda (arxeologik va yozma manbalar asosida)» mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Kofirqal’a yodgorligining kulolchilik buyumlari Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi «Ilk o‘rta asrlar davri» ekspozisiyasida foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2020 yil 4 iyundagi № 01-12-10-2223-son ma’lumotnomasi). Muzey eksponatlari orasidan joy olgan ushbu hunarmandchilik buyumlari Sug‘dda yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi, xo‘jaligi, maishiy vaiqtisodiy hayoti haqida muzeyga tashrif buyuruvchilarga zarur ma’lumotlarni berishda xizmat qilgan;
Kofirqal’a yodgorligining tarixiy topografiyasi, geografik o‘rni, unda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tasnifi, qurilish me’morchiligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yangi arxeologik turistik yo‘nalishlar hamda marshrutlarni ishlab chiqish dasturiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi № 02-16/3015-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda turistik salohiyatni oshirish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
Tadqiqot natijalari ilmiy xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «Dunyo bo’ylab» telekanalining «Ekspedisiya», «Suv yoqalab», «Tafsilot» va «O‘tmishga sayohat» kabi teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Dunyo bo’ylab» telekanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 3 iyundagi 08-14-160-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlar tomoshabinlarni ilk o‘rta asrlar Sug‘d tarixi, uning moddiy va ma’naviy madaniyatiga doir yangi ma’lumotlar bilan tanishtirishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish