Axmedov Sherzod Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Matoli kompozitlar bilan kuchaytirilgan ko‘prik temirbeton to‘sinlarining mustahkamligi”, 05.09.02 - Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T122.
Ilmiy rahbar: Ashrabov Anvar Abbasovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti, DSc.18/30.12.2019.T.09.01. 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharafiddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Baybulatov Xayrulla Absadikovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temirbeton ko‘prik to‘sinlarining qiya kesimlar bo‘yicha yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatini hisoblash hamda matoli kompozit materiallar (MKM) bilan kuchaytirish usullarini takomillashtirish, kuchaytirilgan temirbeton to‘sinlarning tishlashish kuchi va bo‘ylama armaturaning bukilish samarasini e’tiborga olib, yuk ko‘taruvchanlik xususiyatini hisoblash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlarning birgalikdagi ta’siri zonasida temirbeton elementlarini matoli kompozit materiallar bilan kuchaytirish usuli matoli kompozit material yo‘nalishi, qadami va tashqi armaturalash sonini hisobga olgan holda takomillashtirilgan; 
eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlarning birgalikdagi ta’siri zonasida qirqilishdagi mustahkamligini baholash uchun matoli kompozit materiallar bilan kuchaytirilgan sinov namuna-disklaridagi beton va armatura deformatsiyalarini hisobga olgan holda formulalar ishlab chiqilgan;
eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlarning birgalikdagi ta’siri zonasidagi tishlashish kuchi va bo‘ylama armaturaning bukilish samarasini hisobga olgan holda temirbeton elementlarining yuk ko‘taruvchanligini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
nazariy tahlil va eksperimental ma’lumotlarni hisobga olgan holda matoli kompozit materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton elementlar qiya kesimi mustahkamligini hisoblash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Temirbeton ko‘prik to‘sinlarini qiya kesimlar bo‘yicha yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatini hisoblash hamda matoli kompozit materiallar (MKM) bilan kuchaytirish usullarini takomillashtirish, kuchaytirilgan temirbeton to‘sinlarning tishlashish kuchi va bo‘ylama armaturaning bukilish samarasini e’tiborga olib, yuk ko‘taruvchanlik xususiyatini hisoblash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlarning birgalikdagi ta’siri zonasida temirbeton elementlarni matoli kompozit materiallar bilan kuchaytirish usuli O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli Avtomobil` yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2020 yil 3 iyundagi 02/1922-1979-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlarning birgalikdagi ta’siri zonasida temirbeton elementlarni matoli kompozit materiallar bilan kuchaytirish imkoni yaratilgan;
eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlarning birgalikdagi ta’siri zonasida qirqilishdagi mustahkamligini baholash uchun matoli kompozit materiallar bilan kuchaytirilgan sinov namuna-disklarida beton va armatura deformatsiyalari bo‘yicha tadqiqot natijalari avtomobil` yo‘llari temirbeton ko‘priklari to‘sinlarini kuchaytirishda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli Avtomobil` yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2020 yil 3 iyundagi 02/1922-1979-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, temirbeton elementlarning tayanch oldi uchastkalarida armatura va beton deformatsiyalarini to‘laroq hisobga olib, tajribada olingan ma’lumotlar natijasida hisoblash aniqligini oshirish imkonini bergan;
eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlarning birgalikdagi ta’siri zonasidagi tishlashish kuchi va bo‘ylama armaturaning samarasi e’tiborga olinib, temirbeton elementlarning yuk ko‘taruvchanlik xususiyati eksperimental ma’lumotlar asosida takomillashtirilgan hisoblash usuli O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli Avtomobil` yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2020 yil 3 iyundagi 02/1922-1979-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, temirbeton konstruksiyalarning xavfsizligi ta’minlangan hamda mavjud mustahkamlikka hisoblash usuli zahira tomonga yaqinlashish beradigan joyda materiallar sarfini kamaytirish imkonini bergan;
nazariy tahlil va eksperimental ma’lumotlarni e’tiborga olib, matoli kompozit materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton elementlar qiya kesimi mustahkamligini hisoblash usuli O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli Avtomobil` yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2020 yil 3 iyundagi 02/1922-1979-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, matoli kompozit materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton elementlarning qiya kesimi mustahkamligini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish