Nasirova Umida Kamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘qitishda kasb-hunar kollejlari talabalarining  nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped981. 
Ilmiy rahbar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilhomjon Madaminovich,  pedagogika fanlari doktori, dotsent; Misirov Sohibjon Abdupattayevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatishda nutq kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aloqa va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining og‘zaki nutqida uchraydigan odatiy va keng tarqalgan nutqiy xatolar tipologiyasini aniqlash natijasida nutq kompetensiyasini shakllantirishga asoslangan innovatsion metodlar rivojlantirilgan;
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga dual tizim orqali ingliz tilini o‘qitishda nutqiy kompetensiyani rivojlantirish, muloqot qilish, dialogik va monologik nutqni egallash kabi qiyinchiliklarni aniqlash asosida og‘zaki nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasi takomillashtirilgan;
aloqa va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ingliz tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantiruvchi hamda mutaxassislikka mos va kasbga yo‘naltirishga asoslangan  tizimlashtirilgan va dasturlashtirilgan axborot ta’minoti  taklif etilgan;
aloqa va axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha kichik mutaxassislarning innovatsion ta’lim texnologiyalari nutq kompetensiyasini rivojlantirishning metodik ta’minoti (ESP) – yangi innovatsion  interfaol metodlar va taklif etilgan didaktik materiallar integratsiyasi orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tilini o‘qitishda kasb-hunar kollejlari talabalarining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
aloqa va axborot texnologiyalari yo‘nalishi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining og‘zaki nutqida uchraydigan odatiy va keng tarqalgan nutqiy xatolar tipologiyasini aniqlash asosida olingan xulosalardan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi tayyorlov kurslarida dastlabki test, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ingliz tilida muloqot (monolog va dialog)ni shakllantirishga oid mavzularni ishlab chiqishda, og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan o‘quv materiallari,  interfaol darslar hamda yakuniy test orqali o‘quvchilarning ingliz tili kommunikativ ko‘nikmalarini o‘quv jarayoniga joriy etishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4202-sonma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar mazmuni boyitilgan;
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga dual tizim orqali ingliz tilini o‘qitishda nutqiy kompetensiyani rivojlantirish, muloqot qilish, dialogik va monologik nutqni egallash yuzasidan olingan xulosalardan Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi o‘qituvchilarning kasbiy qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslarida  “Og‘zaki nutq amaliyoti” hamda Respublika til o‘qitish markazining “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi” fanlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining 2019 yil 27 sentyabrdagi 10-05/121-son hamda Respublika til o‘qitish markazining 2020 yil 10 yanvardagi 2/RS-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi o‘quvchilariga xorijiy tillarni mutaxassislikka mos holda o‘qitishni takomillashtirish imkonini bergan;
aloqa va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ingliz tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantiruvchi hamda mutaxassislikka mos va kasbga yo‘naltirishga asoslangan  tizimlashtirilgan va dasturlashtirilgan axborot ta’minotiga oid xulosalardan Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash  va ularning malakasini oshirish instituti o‘quv kurslarining “Innovatsion muhit” hamda Respublika kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan “Ingliz tili” fanlari bo‘yicha o‘quv–uslubiy majmualarini tayyorlash va takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 89-03-4154-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu axborot ta’minoti o‘quvchilarning og‘zaki nutq kompetensiyasini shakllantirish va mustaqil ishlarini takomillashtirish imkonini bergan;
aloqa va axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha kichik mutaxassislarning innovatsion ta’lim texnologiyalari nutq kompetensiyasini rivojlantirishning metodik ta’minoti (ESP) – yangi innovatsion  interfaol metodlar va taklif etilgan didaktik materiallar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan o‘quvchilar og‘zaki nutq kompetensiyasini shakllantiruvchi metodik ta’minot “Til ko‘nikmalari integratsiyasi” fanining o‘quv-metodik kompleksini boyitishga xizmat qilgan (O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining 2019 yil 27 sentyabrdagi 10-05/121-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitishning metodik asoslari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish