Akbarov Bahodir Abduraxmonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida kasbiy tafakkurni shakllantirishning pedagogik tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped12.
Ilmiy rahbar: Tug‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rajapov Vahobjon To‘rajonovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida kasbiy tafakkurni shakllantirishning didaktik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning ongli kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillarning (ishlab chiqarish, ijtimoiy-demografik munosabatlar, oila a’zolarining kasbiy savodxonligi, shaxsning ijodiy layoqatlari, psixologik maslahatlar, sinf rahbarining yo‘naltiruvchi funksiyasi) ijobiy ta’siri barqarorligini ta’minlash asosida kasbiy tafakkurning shakllanganlik ko‘rsatkichlari (adaptiv, produktiv, kreativ) aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda kasbiy tafakkurni shakllantirishning pedagogik tizimi komponentlari (maqsad, taktika, yondashuv, parametr) maktab psixologi faoliyat mazmuniga o‘quvchilarda kasbiy tafakkurni shakllantirish tadbirlarini kiritish, ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni integratsiyalash, kasb tanlash mashg‘ulotlari mazmuni ehtiyojlarini hisobga olishga yo‘naltirish jarayonlari intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda kasbiy tafakkurni shakllantirish jarayonining amaliy bosqichi individual xususiyatlarni hisobga olgan holda faollashtiruvchi o‘yin metodlarini (sinf bilan o‘ynaladigan kasbga yo‘naltiruvchi o‘yinlar; kasbga yo‘naltiruvchi o‘yin-mashqlar; kartochkali axborot qidiruv tizimlari; stol usti o‘yinlari; blankli o‘yinlar; faollashtiruvchi so‘rovnomalar) didaktik algoritmga mutanosib tarzda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kasbiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil ta’lim orqali amalga oshiriladigan pedagogik jarayonlarni kreativ, evristik, faoliyatli yondashuv asosida tashkil etishning refleksiv ko‘nikmalar bilan uyg‘unligini ta’minlashga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida kasbiy tafakkurni shakllantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning ongli kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillarning ijobiy ta’siri barqarorligini ta’minlash, kasbiy tafakkurning shakllanganlik ko‘rsatkichlarini aniqlashtirishga doir takliflardan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 22 oktyabrdagi 01/11-04/01-2314-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda kasbiy layoqatni tarkib toptirishga doir kompetensiyalar tizimi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda kasbiy tafakkurni shakllantirishning pedagogik tizimi komponentlarini aniqlashtirish, kasb tanlash mashg‘ulotlari mazmuni ehtiyojlarini hisobga olishga yo‘naltirish jarayonlari intensivligini ta’minlash, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda faollashtiruvchi o‘yin metodlarini didaktik algoritmga mutanosib tarzda qo‘llashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0905173317 –“O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish” (2014-2017 yy.) mavzusidagi loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 iyuldagi 89-03-2516-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda kasbiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan professional ta’lim jarayonlarini kreativ, evristik, faoliyatli yondashuv asosida tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarning kasbiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil ta’lim orqali amalga oshiriladigan pedagogik jarayonlarni kreativ, evristik, faoliyatli yondashuv asosida tashkil etishning refleksiv ko‘nikmalar bilan uyg‘unligini ta’minlashga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan “Xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining X-XI sinf o‘quvchilari uchun kasbiy ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 22 oktyabrdagi 01/11-04/01-2314-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini qo‘shimcha kasbga tayyorlash jarayonlari samaradorligi oshgan.