Mirzaeva Faroxat Odiljonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi  (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1272.
Ilmiy rahbar:Musurmanova Oynisa Musurmanovna,pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiyopponentlar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor;Erkabaeva Nigora Sharipovna,pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxslararo munosabat madaniyatining kognitiv (shaxs fenomeni, nutqiy etiket), affektiv (empatiya, shaxsiy qadriyatlarni hurmat qilish), konativ (muloqotga kirish ehtiyoji) tarkibiy asoslarini belgilash orqali motivatsion-ehtiyojli, empirik axloqiy tajriba, nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, qadriyatga yo‘nalganlik bosqichlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirishda kommunikativ tolerantlik salbiy ta’sirlarni bartaraf etishdagi asosiy tarkibiy qism ekanligini empirik asoslash orqali empatiya tuzilmasiga xos emotsional, kognitiv, xulqiy komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning muloqot tajribasi va ijtimoiy-pedagogik munosabat tizimi bilan garmonik aloqadorligi aniqlashtirilgan;
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirish mazmuni, bo‘lajak o‘qituvchilarda tanlangan kasbning ijtimoiy ahamiyatini to‘g‘ri tasavvur qilish, bo‘lg‘usi kasbiy pozisiyasiga qat’iy ishonch, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish sifatlari muloqot va shaxslararo muloqot refleksiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi shaxslararo munosabat madaniyatini maqsadli rivojlantirish jarayoni hamda algoritmi, bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakatini tahlil etish, rivojlanish vektorlarini ko‘rgazmali aks ettirish orqali umumiy harakatlar komponentlarini integratsiyalash mexanizmini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajako‘qituvchilardashaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxslararo munosabat madaniyatining kognitiv, affektiv, konatativ tarkibiy asoslarini belgilash, motivatsion-ehtiyojli, empirik axloqiy tajriba, nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, qadriyatga yo‘nalganlik bosqichlarini aniqlashtirishga doir takliflardan 5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3809-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagog-psixologlarda kommunikativ kompetentlik va refleksiv madaniyatni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirishda kommunikativ tolerantlik salbiy ta’sirlarni bartaraf etishdagi asosiy tarkibiy qism ekanligini empirik asoslash orqali empatiya tuzilmasiga xos emotsional, kognitiv, xulqiy komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning muloqot tajribasi va ijtimoiy-pedagogik munosabat tizimi bilan garmonik aloqadorligini aniqlashtirishga doir takliflar 5111800 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3809-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda dialogik munosabat madaniyatini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirish mazmuni, talabalarda tanlangan kasbning ijtimoiy ahamiyatini to‘g‘ri tasavvur qilish, bo‘lg‘usi kasbiy pozisiyasiga qat’iy ishonch, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish sifatlari muloqot va shaxslararo muloqot refleksiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlashga doir amaliy tavsiyalardanOT-F8-214. “Talabalarni kasbiy va shaxsiy ijtimoiylashtirish” (2007-2011yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3809-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirishning fanlararo modulli texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi, uni qo‘llash algoritmi, talabalarning o‘zaro birgalikdagi harakatini tahlil etish, rivojlanish vektorlarini ko‘rgazmali aks ettirish orqali umumiy harakatlar komponentlarini integratsiyalash mexanizmini qo‘llashga doir amaliy tavsiyalardan  ITD-4-122.“Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2009-2011 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3809-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasini xususiy-metodik darajada qo‘llash samaradorligini oshirishga,ishlab chiqilgan metodika va ta’lim texnologiyasi shaxslararo munosabat madaniyatikompetensiyasining takomillashuviga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish