Axmedov Mirzokir Xakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Linter samaradorligini oshirish uchun takomillashtirilgan kolosnik ishlab chiqish”, 05.06.02– To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T104.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilxom Dedaxanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Mavlyanov Aybek Palvanbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta chigitini samarali linterlash texnologiyasini ta’minlaydigan takomillashtirilgan linter kolosnigi texnologik va konstruksion parametrlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
linterlash jarayonida arra tishlari va chigitning kolosnik zonasidagi harakati tahlili asosida linterlangan chigitni ishchi kameradan tashqariga o‘z vaqtida chiqishini ta’minlaydigan kolosnikning yangi profili yaratilgan; 
ishchi kamerada arralar oraliq zonasidagi chigitning tashqariga chiqish yoki ishchi kameraga qayta kirishdagi harakatiga arra yon tomoni ta’sir kuchini inobatga olgan holda arralarning ishchi kameraga kirib turish balandligi aniqlangan;
chigit tarog‘i zonasidan chigitlar tashqariga chiqishida kolosnik ostki qismining gorizontal o‘qqa nisbatan og‘ish burchagining ratsional kattaligi aniqlangan;
ko‘p omilli tajribalarni rejalashtirish va amalga oshirish yo‘li bilan linterning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan yangi profilli kolosnik konstruktiv va texnologik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxta tozalash korxonalarida chigitni linterlash samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan kolosnik konstruksiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
paxta chigitini linterlash texnologiyasi va uskunasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan Sirdaryo viloyatining Baxt paxta tozalash korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 5 maydagi 03-18/1217-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori va past navli chigitni linterlashda linterning chigit bo‘yicha ish unumdorligini o‘rtacha 11,6 % va 12,74 %ga, momiq bo‘yicha ish unumdorligini o‘rtacha 12,28 % va 16,9 %ga oshirishga erishilgan;
takomillashtirilgan 5LP linteri «O‘zpaxtasanoat» AJ tizimidagi korxonalarda, jumladan Sirdaryo viloyatining Baxt paxta tozalash korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 5 maydan 03-18/1217-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori va past navli chigitlarni linterlashda chigitning shikastlanishi o‘rtacha 0,16 (abs)% va 0,14 (abs) %ga, momiqdagi iflos aralashmalar va butun chigitlarning massaviy ulushini o‘rtacha 0,42 (abs)% va 0,31 (abs) %ga kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan chigit va momiq sifatini yaxshilash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish