Isakov Janabay Yakipbaevichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasihaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda kredit samaradorligini oshirish», 08.00.07–Moliya. Buxgalteriya hisobi (iqtisodiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /iqtisodiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.I28.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti va Toshkent Moliya instituti, 14.07.2016.I.31.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Olim Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Al`mardonov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini kreditlash samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasiga kredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan lizing xizmatlari uchun undiriladigan ustama foizni lizing ob’ekti bahosida hisobga olish va foizli daromadlarni butun foydalanish davri uchun bir xilda taqsimlash hamda banklarning lizing xizmatidan oladigan foizli daromadi ulushini lizing oluvchining me’yoriy foydasi hisobidan qoplashning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
tijorat banklari faoliyatida kreditlashning kredit liniyasini ochish yo‘li bilan kreditlash va faktoring shakllaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda barqaror pul oqimiga ega bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sub’ektlarini alohida guruhga ajratgan holda kreditlashni yo‘lga qo‘yish yo‘li bilan xizmatlar sohasiga beriladigan ishonchli (ta’minotsiz) kreditlar hajmini oshirish taklifi asoslangan;
ko‘chma xizmat turlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan kichik xizmat ko‘rsatish sub’ektlarini mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki pay fondi shaklida birlashtirish asosida ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish va investisiya xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida beriladigan kreditlar hajmini, ularga tegishli bo‘lgan likvidli aktivlarni garovga olish yo‘li bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda shimoliy hududlarda faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatish sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning foiz stavkalarini (Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini bazaviy stavka ekanligini inobatga olgan holda) mazkur banklarni davlat tomonidan bilvosita moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali qoplab berish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Lizing kreditlari foizini undirish tartibini o‘zgartirish, kreditlashning yangi shakllarini joriy qilish, foizlar o‘rtasidagi farqni qoplash usulini qo‘llash asosida banklar tomonidan xizmatlar sohasini kreditlash samaradorligini oshirish maqsadida:
lizing krediti bo‘yicha ustama foiz me’yorini lizing ob’ekti bahosiga savdo ustamasi shaklida kiritish va foizli daromadlarni lizing shartnomasi davri mobaynida bir xilda taqsimlash taklifi O‘zbekiston lizing beruvchilar uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston lizing beruvchilar uyushmasining 2016 yil 15 yanvardagi UL/0031/005-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida og‘ir ekologik muhit ta’sirida bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlariga ko‘rsatilgan lizing xizmatlari hajmi 2,1 foizga oshgani evaziga lizing kompaniyalarining banklar oldidagi majburiyati 102,4 mln. so‘mga qisqardi. Mazkur sub’ektlar bilan tuzilgan lizing bitimlari hajmi esa 112,1 mln. so‘mni tashkil etdi;
tijorat banklari faoliyatida kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash va faktoring shakllaridan foydalanish, barqaror pul oqimiga ega bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sub’ektlarini alohida guruhga ajratgan holda kreditlashni yo‘lga qo‘yish yo‘li bilan xizmatlar sohasiga beriladigan ishonchli (ta’minotsiz) kreditlar hajmini oshirish, ko‘chma xizmat turlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan sub’ektlarni mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki pay fondi shaklida birlashtirish asosida ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish va investisiya xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida beriladigan kreditlar hajmini, ularga tegishli bo‘lgan likvidli aktivlarni garovga olish yo‘li bilan amalga oshirish takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2015 yil 11 maydagi 01/783-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida respublikaning qishloq tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xizmat ko‘rsatish sub’ektlariga berilgan tijorat banklari kreditlari 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 981,0 mln. so‘mga ko‘paygan holda, qishloq tumanlarda infratuzilma ob’ektlariga berilgan kreditlar hajmi mazkur davr mobaynida 11,4 foizga oshdi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududlarida xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni birlashtirish va joylarda ko‘chma xizmat turlarini tashkil etish asosida kreditlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish tavsiyasi Aksiyadorlik-tijorat «Mikrokreditbank» tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AT «Mikrokreditbank»ining 2015 yil 14 sentyabrdagi AN 07-09/4934-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida AT «Mikrokreditbank» tomonidan xizmatlar sohasini kreditlash hajmi 10,2 mln. so‘mga oshdi, bankning xarajatlari esa 7,8 mln. so‘mga kamaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan shimoliy hududlarda faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatish sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning foiz stavkalarini (Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini bazaviy stavka ekanligini inobatga olgan holda) mazkur banklarni davlat tomonidan bilvosita moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali qoplab berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (2015 yil 31 dekabrdagi 15-29/442-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida respublikaning shimoliy hududlarida faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 49,3 foizga oshgan.