Bastamkulova Xanifa Davranovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompleks iplarning tarkibiningo‘ziga xosligi va ularning xususiyatlariga buramlarning ta’siri”, 05.06.02 –To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T930.
Ilmiy rahbar: Axmedov Jaxongir Adxamovich, texnika fanlari doktori,dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor;Qobulova Nilufar Jalilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompleks ipak iplari strukturasining o‘ziga xosligi va buramlarning uning xususiyatlariga ta’sirini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston-5 duragay pillalari umumiy vaznining 98,2% o‘rta va yirik kalibrli, Xitoy duragayi pillalariniki esa deyarli 99% mayda va o‘rta kalibrli ekanligi hamda undan olingan pilla ipining chiziqli zichligi bo‘yicha deyarli bir tekisligi aniqlangan;
xom ipakning bug‘li havoda ishlov berib zo‘riqishni echish texnologiyasi va uning parametrlari ipni qayta ishlashda yuzaga keladigan uzilishlar sonini hisobga olgan holdaishlab chiqilgan;
eshish koeffisienti va eshish burchagi orasidagi bog‘liqlik, shuningdek, ukrutkaning (ip qisqarishining) o‘zgarishi buramlar soniga bog‘liq holda aniqlangan;
kompleks eshilgan iplar va ulardan ishlab chiqarilgan turli assortiment buyumlarning xususiyatlarini elementar iplarning chiziqli zichligi, kompleks ip tarkibidagi iplarning soni, buralganlik darajasi va buram yo‘nalishlarimosligining o‘zgarishi asosidaboshqarish mumkinligi asoslangan;
eshilgan kompleks ipak ipining yangi yaratilganassortimentini ishlab chiqarish usuli asosida yuzasida turli katak rangli jiloli mato namunasi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompleks ipak iplari strukturasining o‘ziga xosligi va buramlarning uning xususiyatlariga ta’sirini isbotlashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
xom ipakka buram berib eshilgan ipak ipini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchunpatenti olingan (“Eshilgan ipak iplarini olish usuli”, №IAP05253-2016 y). Natijada,g‘ijimlanmaslik, krep xususiyatli mumtoz ipak matolarining assortimentini kengaytirish imkoniyatiyaratilgan;
viskoza va atsetat iplarini qo‘shib buram berish orqali popop kashta tikuv iplarini ishlab chiqarishga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchunpatenti olingan (“Iplarni olish usuli”, №IAP05415-2017 y). Natijada, popop kashta iplarining yangi yuqori chiziqli zichlikka ega bo‘lgan, turlarini sun’iy kimyoviy iplardan ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘lgan;
xom ipakka buram berib qo‘lda tikish uchun birinchi marta sanoat usulida kashta iplarini tabiiy ipakdan ishlab chiqish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (“Ipak iplarini olish usuli”, №IAP05447-2017 y). Natijada, qo‘l kashta iplarini mashinalarda buramlar berib ishlab chiqarish imkoniyati tug‘ilgan;
tabiiy ipakdan yaratilgan yangi sanoat namunasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (“Tabiiy ipakli mato”, №SAP01254-2014 y). Natijada, g‘ijimlanmaslik xususiyati yuqori bo‘lgan ipak to‘qimalarining yangi assortimentini ishlab chiqarish imkoniyatipaydo bo‘lgan;
yuqori sifatli xom ipak ishlab chiqarish va tabiiy ipakdan mumtoz to‘qimalar assortimentini kengaytirish uchun xom ashyo tayyorlash usullari va texnologiyalari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, xususan, “BUKHARA BRILLIANT SILK” QK, “TURAN SILK” MChJ, “XARIR TOLA” MChJ, “NURLI TONG SILK” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 1 avgustdagi 4-2/1604-son ma’lumotnomasi). Natijada,“O‘zbekiston-5” duragay zot pillalardan yuqori sifatli xalqarostandart “3A” sinfi talablariga javob beraoladigan xom ipak ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.