Boyboboeva Sohiba To‘ramirzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «MeF2-TRF3 (Me - Sa, Va; TR- Yb, Ce) asosidagi monokristall va nanokeramikalarda radiatsiya bilan uyg‘otilgan hodisalar», 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM178.
Ilmiy rahbar: Nuritdinov Izzatillo, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Umirzakov Boltaxo‘ja Ermatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi MeF2-TRF3 (Me-Ca, Ba; TR-Yb, Ce) asosli monokristallar va nanokeramikalarda taqqoslash asosida radiatsiya bilan stimullashgan jarayonlarni o‘rganish va bu materiallardagi radiatsiyaviy jarayonlarning umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MF2-TRF3 (M=Sa, Va; TR=Yb, Ce) asosida sintez qilingan monokristallar va nanokeramikalarning radiatsiya bilan uyg‘otilgan hodisalarga kiritmalarning ta`sir qonuniyatlari, bunda spektral va radiatsiyaviy xususiyatlardagi farqlanuvchi jihatlar keramikaviy namunalarda bo‘lgan donachalar va qatlamlar orasida o‘tish chegaralarining mavjud ekanligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
CaF2-YbF3 asosida olingan monokristallar va nanokeramikalarda Yb3+→Yb2+ valent o‘zgarishlari bilan bir qatorda turli holatlardagi Yb3+ ionlari orasida konfiguratsiyaviy Yb3+→Yb3+ o‘tishlari ham amalga oshishi aniqlangan;
CaF2-YbF3 nanokeramika namunalarida donachalar va qatlamlar orasida o‘tish chegaralarining mavjudligi nanokeramikalarda Yb2+ markazlarning ikki bosqichli to‘planishi va termik parchalanishiga olib kelishi, bunda birinchi bosqich monokristallarda ham bo‘lganidek, tugunlar orasida joylashgan ftor ionlari Fi ning buzilmagan kristall fazasidagi harakati bilan, ikkinchi bosqich esa nanokeramikalarda tugunlar orasida joylashgan  Fi ionlarning donachalar va qatlamlar orasidagi o‘tish chegaralaridagi harakati tufayli sodir bo‘lishi ko‘rsatilgan;
keramikaviy VaF2-SeF3 namunalarida aniqlangan seriy ishtirokidagi yangi markazlarning tabiati identifikatsiya qilindi: Se2 markazlar seriy ionlari juftligiga, Se3 va Se4 markazlari esa seriy ishtirokidagi markazlarning donachalar va qatlamlar orasida o‘tish chegaralarida joylashgan nuqsonlar bilan hosil qilgan komplekslariga tegishli ekanligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: MeF2-TRF3 (Me-Sa, Va; TR-Yb, Ce) monokristallar va nanokeramikalarda kechadigan radiatsiya bilan stimullashgan hodisalarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
SaF2-TRYb3 asosida sintez qilingan monokristallar va nanokeramikalar uchun aniqlangan radiatsion-optikaviy xarakteristikalariga itterbiy kirindisining ta’sir etish qonuniyatlar chet ellik olimlar tomonidan itterbiy bilan faollashtirilgan kristall va nanokeramikalar xususiyatlarini o‘rganish jarayonida foydalanilgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar Inorg. Mat.,Vol.53 No 3, pp. 313–317, 2017;J. Phys. Chem. C, 2017, Vol. 121, No 51, pp. 28435-28442; Scient. Bull. of University of California, Santa Cruz, ProQuest Dissertations Publishing, 2019, 13811489). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi SaF2-Yb3 asosida olingan monokristallar va nanokeramikalardagi ba’zi itterbiyli markazlar tabiatini aniqlash imkonini bergan;
VaF2-SeF3 asosida olingan optikaviy nanokeramikaning radiatsiyaga chidamli ekanligining aniqlanishi chet ellik olimlar tomonidan radiatsiya ta’siriga chidamli nodir er elementlari ftoridlari asosida sintez qilinadigan nanokeramikaviy ssintillyatorlarni izlab topish maqsadida foydalanilgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar Radiation Measurements, Vol. 106, rr. 140-145, 2017; Doklady Physics, Vol.61, pp. 50–54, 2016; J. Am. Ceram. Soc., Vol. 102, pp. 178–184, 2019). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ba’zi yangidan ishlab chiqilayotgn ssintillyatorlarning radiatsiya ta’siriga chidamliligini oshirish imkonini bergan;
VaF2-SeF3 asosida olingan nanokeramikalarda aniqlangan seriyli markazlar xarakterstikalari chet ellik olimlar tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi materiallarning ssintillyasiyaviy xarakteristikalarini yaxshilash maqsadida foydalanilgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar J. All. Comp., Vol. 817, No 15, 2020, 153075; Rad. Phys. and Chem., Vol. 153, rr. 70-78, 2018; J. Cryst. Growth, Vol. 525, 125188, 2019). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi VaF2–SeF3 asosida tayyorlangan ma’lum materialda nur chiqarish qobiliyatini oshirish va ssintillyatorlar uchun yangi tarkiblar ishlab chiqish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish