Radjabova Yulduz Nazimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bexchet kasalligining immunologik va morfologik xususiyatlari, hamda davolashni takomillashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib540
Ilmiy rahbar: Mirsaidova Munisa Abdushukurovna, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Muzaffar Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immunologik va morfologik xususiyatlar asosida Bexchet kasalligini tashxislash va davolash uchun maqbul usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik-anamnestik ma’lumotlar asosida Bexchet kasalligining O‘zbekiston respublikasi axolisi uchun xos klinik ko‘rinishlari xarakteristikasi, og‘irlik darajasi va qaytalanishi soni qay darajada o‘zgarishi aniqlangan. Oddiy uchuq virusi, yondosh mikrofloraning etiologik roli, shuningdek, kasallikning kechishi va zo‘rayishi bu qo‘zg‘atuvchilarga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor qon zardobida dsDNK va ssDNK konsentratsiyasining nazorat guruxiga nisbatan solishtirganda ko‘payishi bilan (p<0.001) Bexchet kasalligining autoimmun tabiatga egaligi isbotlangan;
Bexchet kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda xujayraviy immunitet (CD3, CD4, IRI) ko‘rsatkichlarining ishonchli darajada kamayishi, gumoral immunitet ko‘rsatkichi (CD19, IgA, IgM, IgG) miqdorining keskin oshishi kabi immun tizimidagi nomutanosibliklar yuz berishi isbotlangan;
sitokin statusidagi o‘zgarishlar nazorat guruxiga nisbatan O‘NF-α miqdorining oshishi, yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-4 ning keskin kamayishi va bu o‘zgarishlar kasallik davomiyligi 7 yildan oshgan bemorlarda yanada yaqqolligi isbotlangan;
Bexchet kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda patologik o‘choqlardan olingan biopsiya namunalarining morfologik parametrlari kasallik davomiyligiga qarab o‘zgarishi aniqlangan. Kasallik davomiyligi 1 yilgacha bulgan bemorlarda leykotsitoklastik vaskulit sur`ati (neytrofillardan iborat bo‘lgan perivaskulyar infiltratlar, neytrofil yadro parchalari,shish, qon tomirlarning fibrinoid shishishi). Kasallik davomiyligi 7 yildan oshgan bemorlarda limfotsitar vaskulit sur`ati (qon tomirlar devorida limfotsitar infil`tratlar mavjudligi, qon-tomir stenozi) aniqlangan;
ishlab chiqilgan davolashning takomillashtirilgan usuli yordamida kasallik rivojlanishida aniqlangan qo‘zg‘atuvchilar ta`siri, kasallikning autoimmun tabiati, sitokin statusidagi va morfologiyadagi o‘zgarishlar, umumiy va maxalliy immunitet tizimidagi buzilishlarni tiklashga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Immunnologik va morfologik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda Bexchet kasalligini davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida
"Bexchet kasalligining etiopatogenezi va kechishining zamonaviy etapdagi xususiyatlari" uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 8N-r/265 ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomalar Bexchet kasaligiga chalingan bemorlarni davolash chora-tadbirlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Bexchet kasaligini davolashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, O‘zR SSV RIDV va KIATMning jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalar va reproduktiv buzilishlar bo‘limida, Toshkent va Jizzax viloyat teri tanosil dispanserlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 02 iyuldagi 8n-z/69 -son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tibbiy yordam sifatini oshirish, shuningdek, tashxisot va davolashning yangi usullarini qo‘llash orqali bemorlarning xayot sifatini yaxshilash, hamda ularning davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.