Egamberdiev Elmurod Abduqodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sellyuloza, organik va noorganik tolali to‘ldiruvchilar asosida kompozision materiallar olish va texnologiyasini yaratish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T434.
Ilmiy rahbar: Raxmonberdiev Gappar, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Magrupov Farhod Asadullaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo asosida oziq-ovqat, kimyo va neftni qayta ishlash, qishloq va xalq xo‘jaligi sohalari uchun maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir yillik o‘simliklardan sellyuloza olishning muqobil sharoitlari aniqlangan;
organik tabiiy polimerlar va noorganik bog‘lovchilar asosida olingan kompozision materiallarning mustahkamlik xossalari isbotlangan;
qog‘ozsimon mineral tolali kompozit materiallarning strukturasi va deformatsion-mustahkamligi aniqlangan va tolalar orasidagi bog‘larning tabiati va xarakteri bilan bog‘liqligi asoslangan;
bir va ko‘p qavatli yuqori samarali qog‘ozsimon mineral tolali o‘ram va fil`tr materiallarini tayyorlash resepturasi aniqlangan va tarkib nisbatlarining issiqlikni himoyalash va fil`trlash xossalariga bog‘liqligi isbotlangan;
mahalliy xomashyo asosida oziq-ovqat, kimyo va neftni qayta ishlash, qishloq va xalq xo‘jaligi sohalari uchun maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy polimerlar va noorganik tolali to‘ldiruvchilar asosida qog‘ozsimon kompozision materiallarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bir va ko‘p qavatli yuqori samarali qog‘ozsimon mineral tolali o‘ram va fil`tr materiallari tayyorlash resepturasi va texnologiyasi «HAMKOR» MChJ va «TECHNO PRINT» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/030-690-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘ram qog‘oz va fil`tr materiallarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
organik va noorganik tolali to‘ldiruvchilar asosida oziq-ovqat sanoati alkogol` ichimliklarni fil`trlovchi material olish texnologiyasi «HAMKOR» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/030-690-son ma’lumotnomasi). Natijada, fil`trlangan vino tiniqligi va shaffofligini taminlovchi maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan fil`tr materiallari olinib, xorijdan keltirilayotgan fil`tr qog‘ozni 100 % almashtirish imkonini bergan.