Abdullaeva Gavxar Saparovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eshitish idroki va talaffuzini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha 1-2-sinflarning kar o‘quvchilari bilan olib boriladigan korreksion-rivojlantiruvchi ishlash texnologiyasi”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1216.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Dildora Asatovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kar bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda rus tilida ta’lim oladigan 1-2 sinf kar o‘quvchilarining eshitish idrokini rivojlantirish va talaffuzini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kar o‘quvchilar eshitish idroki va talaffuz ko‘nikmalarini intensiv rivojlantirishda polisensor yondashuvning samarali omil ekanligi aniqlangan; 
o‘quvchilarning psixodiagnostik xususiyatlari va nutqiy rivojlanganlik darajalarini hisobga olgan holda tovush talaffuzini mustahkamlashga mo‘ljallangan “Men o‘qiyman, gapiraman” maxsus kompyuter dasturining og‘zaki nutq akustikasini vizuallashtirish imkoniyatlari kar o‘quvchilar nutqining prosodik tomonlari (nutqiy nafas, ovoz modulyasiyalari, nutqning tempo-ritmik xususiyati)ni rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali  takomillashtirilgan; 
individual korreksion-rivojlantiruvchi ish modeli va uning asosida kar o‘quvchilar tovush talaffuzi va eshitish idrokini modulli tizim va polisensor yondashuv – kinestetik, taktil-vibratsion, eshitib-ko‘rish asosida rivojlantirish metodikasi optimallashtirilgan;
boshlang‘ich sinf kar o‘quvchilarning  muloqot kompetensiyasini faollashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv–uslubiy ta’minot kommunikativ (samarali muloqot) texnologiyalar (“Nutqiy kaleydoskop”, “Quvnoq alifbo”, “Tovushlar olamiga sayohat”) hamda “Nutq o‘stirish” fanidan dastur talablarining o‘zaro optimallashuvi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Eshitish idroki va talaffuzini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha 1-2-sinflarning kar o‘quvchilari bilan olib boriladigan korreksion-rivojlantiruvchi ishlash texnologiyasi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
kar o‘quvchilar eshitish idroki va talaffuz ko‘nikmalarini intensiv rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar (polisensor, labdan o‘qitish) “Kar bolalar maktabida yakka tartibdagi mashg‘ulotlarda eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzga o‘rgatish” nomli  o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 noyabrdagi 89-03-4634-son ma’lumotnomasi). Natijada, kar bolalar ta’lim olish muassasalarida korreksion mashg‘ulotlarning tizimli olib borilishiga erishilgan;
maxsus muassasalarda faoliyat ko‘rsatuvchi boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari va individual ish bo‘yicha mutaxassislar, 1-2-sinflar kar o‘quvchilarning eshitish idroki va tovush talaffuzini rivojlantirish uchun “Men o‘qiyman, gapiraman” innovatsion kompyuter texnologiyasi “0-5 sinflar uchun kar bolalar maktabida yakka tartibdagi mashg‘ulotlarda eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzga o‘rgatish dasturi” nomli  o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 noyabrdagi 89-03-4634-son ma’lumotnomasi). Natijada, yakka mashg‘ulotlar samaradorligi va o‘quvchilar nutqiy rivojlanishi tartibining tizimli olib borilishiga erishilgan;
eshitish idrokini rivojlantirishga mo‘ljallangan individual mashg‘ulotlarning “blok-modul`” tizimi (tashxisiy, shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi) asosida takomillashtirilgan va amaliyotga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 noyabrdagi 89-03-4634-son ma’lumotnomasi). Natijada, korreksion-pedagogik ta’lim texnologiyalarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kar o‘quvchilarning nutqiy materialni eshitib qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlari maxsus maktablar amaliyotiga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 noyabrdagi 89-03-4634-son ma’lumotnomasi). Natijada, yakka mashg‘ulotlar samaradorligini va o‘quvchilar nutqiy rivojlanishini monitoring qilish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish