Eshkaraev Sadridin Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyati tuproqlari tarkibidagi seziy-137 va stronsiy-90 radionuklidlarini beta va gamma nurlanishlar asosida aniqlashning radiometrik-spektrometrik usulini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K305.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Qulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati tuproqlaridagi seziy-137 va stronsiy-90 radionuklidlarini beta- va gamma-nurlanishlar asosida radiometrik-spektrometrik aniqlash usulini ishlab chiqish hamda bu radionuklidlarning Surxondaryo viloyati tuproqlaridagi tarqalishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuproq tarkibidagi seziy-137 va stronsiy-90 radionuklidlarini beta- va gamma-nurlanishlar asosida radiometrik-spektrometrik aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
tuproq tarkibidagi seziy-137 va stronsiy-90 radionuklidlarini MKGB-01 radiometri bilan aniqlashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan usul yordamida tuproq tarkibidagi seziy-137 radionuklidi (0,5 - 2)∙104 Bk/kg va stronsiy-90 radionuklidi (0,3 - 1,5)∙104 Bk/kg chegarasida aniqlangan;
ishlab chiqilgan usulning to‘g‘riligi va takrorlanuvchanligi, radionuklidlar miqdorini aniqlash chegaralari mass-spektrometriya usuli bilan metrologik baholangan, seziy-137 va stronsiy-90 radionuklidlarining Surxondaryo viloyati tuproqlarida tarqalish hamda ko‘chish shakllari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuproq tarkibidagi seziy-137 va stronsiy-90 radionuklidlarini radiometrik-spektrometrik aniqlash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
radionuklidlarni radiometrik-spektrometrik aniqlash usuli A-12-FQ-17926 raqamli “Zamonaviy yadro-fizikaviy metodlar yordamida gidrometallurgiya korxonalari chiqindi eritmalari tarkibidagi nodir metallarni konsentrlash va ajratish” mavzusidagi loyihada nodir metallarning radionuklidlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 89-03-2097-son ma’lumotnomasi). Natijada gidrometallurgiya korxonalari chiqindi eritmalari tarkibidagi nodir metallarni radiometrik aniqlash imkonini bergan;
tuproq tarkibidagi seziy-137 va stronsiy-90 radionuklidlarini radiometrik-spektrometrik aniqlash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 22 iyundagi AA-004788-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan usul tuproqdagi seziy-137 ni (0,5 – 2)∙104 Bk/kg va stronsiy-90 ni (0,3 – 1,5)∙104 Bk/kg chegarasida aniqlash imkonini bergan.