Jumaev Inoyat Zulfiqorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim izoxinolin alkaloidlarning inotrop ta’sirini strukturaga bog‘liq qiyosiy tavsiflash», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B64.
Ilmiy rahbar: Usmanov Pulat Bekmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Qurbannazarova Ra’noxon Sharapovna, biologiya fanlari doktori; Gayipov Ulug‘bek Gapparjanovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)..
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim izoxinolin alkaloidlarning inotrop ta’sirini strukturaga bog‘liq qiyosiy tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
F-14, N-14 va F-24 alkaloidlarning manfiy inotrop faollikka ega ekanligi aniqlangan;
akaloidlarning manfiy inotrop ta’siri kardiomiotsitlarda Sa2+ ionlarining hujayra ichki kamayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
F-24, N-14 va F-14 alkaloidlari antiaritmik ta’sir ega ekanligi va bu esa ularning Na+-kanallari blokadasi hisobiga ta’minlanishi isbotlangan;
F-24 alkaloidining yuqori manfiy inotrop ta’siri uning strukturasida qo‘shimcha dimetilamino- guruhining mavjudligi bo‘lib, buning natijasida uning lipofilligi va shunga mos ravishda membrana faolligi oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Izoxinolin alkaloidlarning (F-14, N-14 va F-24) inotrop ta’sirini strukturaga bog‘liq qiyosiy tavsiflash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
F-14, N-14 va F-24 alkaloidlarining kardiomiotsitlarda [Sa2+]in ionlari transportini modifikatsiya qiluvchi xossalaridan FA-A10-T086 raqamli «Alkogolizm va unga bog‘liq asoratlarni davolash va profilaktika qilishning yangi uslublarini ishlab chiqish» loyihasida alkaloidlarining trombotsit xujayralariga ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 17 iyundagi 4/1255-1244-son ma’lumotnomasi). Natijada izoxinolin alkaloidlarning trombotsit hujayralariga protektor ta’sir mexanizmini aniqlash imkonini bergan.
izoxinolin alkaloidlarining kardiomiotsitlarda Sa2+-kanallarini blok qiluvchi xossalaridan FA-A10-T086 raqamli «Alkogolizm va unga bog‘liq asoratlarni davolash va profilaktika qilishning yangi uslublarini ishlab chiqish» loyihasida alkaloidlarining gemostaz tizimiga ta’sir mexanizmini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 17 iyundagi 4/1255-1244-son ma’lumotnomasi). Natijada alkaloidlarning gemostaz tizimning plazma va trombotsit omillariga ta’sir mexanizmini aniqlash imkonini bergan.