Tojiev Rustam Rasulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Karaumbet va Barsakel`mes ko‘li xomashyo manbalarining bishofit, magniy gidrooksid, oksid va natriy sul`fatga kompleks qayta ishlash texnologiyasini yaratish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T352.
Ilmiy maslahatchi: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona politexnika instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Nomozov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultonov Bohodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston ko‘llari rapasi va quruq aralash tuzlari va distiller suyuqlikni kompleks qayta ishlash yo‘li bilan bishofit, natriy sul`fat, magniy gidroksid (oksid) va natriy xlorid olishning ilmiy asoslari va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2Na+, Mg+2//2Cl-, SO4-2 - N2O eruvchanlik sistemasi tahlili asosida ko‘llar rapasini tabiiy (yozgi) sharoitda konsentrlash va qishqi cho‘ktirishda natriyli tuzlar kristallashni oldindan aniqlangan;
Karaumbet va Barsakel`mas ko‘llari rapasini distiller suyuqlik, natriy karbonat va bariy xlorid yordamida qo‘shimchadan chuqur tozalash yordamida kal`siy va sul`fatli ionlarni yo‘qotish orqali chuqur tozalash mumkinligi asoslangan;
Karaumbet va Barsakelmas tozalangan rapasidan har bir bosqichda 98% tozalikdagi NaC1 va 99,5% MgC12•6N2O tutgan bishofit kristallarini olishga imkon beruvchi ikki bosqichli bug‘latish usuli ishlab chiqilgan;
Karaumbet quruq aralash tuzlar eritmasidan mirabilitni kristallash va mirabilitni yuqori navga mos keladigan natriy sul`fat olishda qizdirishning harorat oralig‘i aniqlangan;
Karaumbet va Barsakel`mas ko‘li tozalangan rapasi va quruq aralash tuzlarini neytrallash yo‘li bilan GOST talabiga javob beradigan magniy gidroksid va oksid olish jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
distiller suyuqligini qurilish va kal`sinatsiyalangan soda ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan gips va toza natriy xlorid nomokobiga qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan;
Karaumbet va Barsakel`mas ko‘llari rapasi va QAT, sodaning yirik tonnajli chiqindisi – DSni qayta ishlash yo‘li bilan bir vaqtning o‘zida natriy sul`fat va xlorid, kal`siy sul`fat va karbonat ajratish orqali bishofit, magniy gidroksid (oksid) olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Karaumbet va Barsakel`mes ko‘llari rapasi va quruq aralash tuzlari, hamda distiller suyuqligini magniy xlorid, natriy sul`fat, magniy gidroksid (oksid), kal`siy sul`fat va karbonatga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
natriy sul`fatni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04470, 2012 y.). Natijada sul`fat-xlorid tipidagi mahalliy tuzli qatlamlarni turli xil yuvuvchi vositalarning tarkibiga kiruvchi yuqori navli natriy sul`fatga qayta ishlash imkonini bergan;
Karaumbet va Barsakel`mes ko‘llari rapasi aralash tuzlarini magniy, natriy va kal`siyga kompleks qayta ishlash texnologiyasi «Farg’onaazot» AJning istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («Uzkimyosanoat» AJning 2020 yil 22 maydagi 14-2353-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq xo‘jaligi muhim mahsulotlari - magniy xlorid va oksid, natriy sul`fat va xlorid, kal`siy karbonat olish imkonini bergan;
distiller suyuqligini mirabilit yordamida kal`siy sul`fat va natriy xloridga qayta ishlash texnologiyasi «Farg’onaazot» AJning istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («Uzkimyosanoat» AJning 2020 yil 22 maydagi 14-2353-son ma’lumotnomasi). Natijada yirik tonnali chiqindidan foydalanish va atrof-muhitni yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish