Igamova Saodat Sur’atovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy asab sistemasining perinatal zararlanishi bo‘lgan bolalarda davolash-diagnostik va reablitatsion taktikani kompleks baholash», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib643.
Ilmiy raxbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Omonova Umida Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Stavropol davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi: gipoksik genezli markaziy asab tizimini perinatal shikastlangan erta yoshli bolalarda klinik-nevrologik oqibatlarini baholash, tashxislash va reabilitatsiya tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor moyillik va qo‘zg‘atuvchi omillarni hisobga olgan xolda chaqaloqlarda markaziy asab tizimi perinatal zararlanishining rivojlanish xavfi prediktorlari aniqlangan;
ilk bor markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bo‘lgan bolalar qon zardobidagi transkripsion boshqaruv oqsili HIF-1α gipoksiya darajasini erta baxolash biomarkeri bo‘lishi aniqlangan;
chaqaloqlardagi markaziy asab tizimini perinatal shikastlanishida gipoksiya xolatini erta baxolashda RTC morfometriya qo‘llash ilk bor taklif etilgan;
markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bo‘lgan bolalarda DDST shkalasi bo‘yicha bolalarning rivojlanishi va tuzilmaviy buzilishlar orasida uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
chaqaloqlarda ijtimoiy moslashish bo‘yicha usullar kiritilgan xolda, markaziy asab tizimining perinatal zararlanishini erta tashxislash, davolash va uzluksiz reabilitatsiya ketma-ketligi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bo‘lgan bolalarda davolash-diagnostik va reablitatsion taktikani kompleks baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Febril tutqanog‘i bo‘lgan bolalarni yuritish taktikasini tanlab olish va taktikasi uchun dastur» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 noyabridagi 8n-d/332-son ma’lumotnomasi). Mazkur dasturni joriy etilishi markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bo‘lgan bolalarni davolash-tashxislash jarayonlarini hisobga olish va monitoring qilishni o‘tkazish va samarali davolash tizimini ishlab chiqish imkonini bergan; 
«Asab tizimida perinatal shikastlanishi bo‘lgan chaqaloqlarni yuritish algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 noyabridagi 8n-d/332-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gipoksiya-ishemik genezli markaziy asab tizimining perinatal zararlanishini yuritish bo‘yicha birinchi bo‘g‘in vrachlari uchun barvaqt tashxisot va davolash imkonini bergan; 
markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bo‘lgan bolalarda davolash-diagnostik va reablitatsion taktikani qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiet instituti birinchi va ikkinchi klinikasi, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 8n-z/50-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi chaqaloqlarda markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bo‘lgan bolalarda davolash diagnostik va reablitatsion taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanish xavfini va bolalardagi nogironlik darajasini pasaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish