Baynazarov Zokir Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” asarida ifodalangan olamning lisoniy manzarasi», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil477.
Ilmiy rahbar: Eltazarov Juliboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon, filologiya fanlari doktori, professor, Xayrullaev Xurshid, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Devonu lug‘ati-t-turk”da ifodalangan OLMning va uning tegishli komponentlari bo‘lmish konsept va konseptosferaning shakllanish va realizatsiya qilinish mexanizmining kognitiv qonuniyatlarini tekshirish, DLTda va hozirgi o‘zbek tilidagi konseptlarning milliy lisoniy manzaradagi o‘rnini belgilash va shu orqali tilda va ongda, indvidual va ijtimoiy dunyoqarashda vujudga kelgan o‘zgarishlarning ijtimoiy-lisoniy fenomeni ekanini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olamning lisoniy manzarasining milliy tilshunoslik fanidagi talqini tanqidiy ko‘rib chiqilib, tarixiy va zamonaviy OLM tushunchalarining ijtimoiy-lisoniy mohiyati asoslangan;
til turmushining turli davrlarida doimiy faol bo‘lgan tarixiy va zamonaviy konseptlar va ularning OLMdagi o‘rni, yozma manbalar, qomusiy va izohli lug‘atlardagi so‘z va tushunchalarda ifodalangan OLM va ularning o‘zaro munosabati ochib berilgan;
“Devonu lug‘ati-t-turk” asarida ifodalangan “inson”, “go‘zallik”, “sog‘liq”, “turarjoy” konseptlarining leksik-semantik strukturasi asoslanib, ularning umumlisoniy konseptosferadagi milliy-mental o‘rni aniqlangan;
“Devonu lug‘ati-t-turk” asari va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dagi maqolalarda berilgan konseptlar, ular orqali ifodalangan OLMdagi umumiy va o‘xshash taraflari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy etilishi:
“Devonu lug‘ati-t-turk” asarida ifodalangan olamning lisoniy manzarasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqotda tahlilga tortilgan kişi (inson), maŋïǧ (odam), saǧdïč (do‘st), uraǧut (xotin), čïqan (jiyan), uǧuš (qavm, qarindosh), alp (alp, botir, qahramon), aqï (saxiy, qo‘li ochiq) aba (ota), ana (ona), ebä (ona), baldïz (qayin singil) beg (bek) kabi so‘zlarining birlamchi ma’nolari, eski yozma manbalar va hozirgi tildagi ma’nosining o‘xshash va farqli jihatlaridan OF-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 89-03-4295-sonli dalolatnomasi). Natijada DLT va hozirgi izohli lug‘atlardagi so‘zlarning muhim leksik-semantik belgilarini aniqlashga xizmat qilgan;
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” asarida qo‘llanilgan sintaktik strukturalarning derivatsion xususiyatlariga doir xulosalardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil 5 noyabrdagi 89-03-4295-sonli dalolatnomasi). tadqiqot natijalarini joriy qilish DLT tilida va hozirgi turkiy tillardagi leksik, semantik va sintaktik derivatsiyaning lisoniy tabiatini chuqur anglashga ko‘maklashgan.
dissertatsiyadagi o‘zbek tili va turkiy tillarning leksik qatlamlari hamda Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘ati-t-turk" asarida ifodalangan dunyoning konseptual va lisoniy manzarasi xususidagi material va xulosalardan Turkiya Respublikasidagi Firat Universiteti Gumanitar va sotsial fanlar fakul`tetiga qarashli Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasidagi ta’lim jarayonida, xususan: ÇTL 311Özbek ve Yeni Uygur Türkçesi I (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili I); ÇTL 312 Özbek ve Yeni Uygur Türkçesi II (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili II); ÇTL 314 Özbek ve Yeni Uygur Edebiyatı (o‘zbek va yangi uyg‘ur adabiyoti) ; ÇTL 212 Türk Dilinin Sözvarlığı (turkiy tilning leksikasi) kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (Firat Universitetining 2019 yil 2 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti, uyg‘ur tili va uyg‘ur adabiyoti, turkiy tillar leksikologiyasi fanlarini o‘qitishni yaxshilashga hamda tegishli mavzularning talabalar tomonidan yaxshi o‘zlashtirish imkonini yaratgan.