Yarkulov Axror Yuldashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polisaxarid-kremnezem nanokompozisiyalarning fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/K80.
Ilmiy maslahatchi: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori; Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori; Bekchanov Davron Jumazarovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zol`-gel` usulida olingan gibrid polisaxarid-kremnezem nanokompozisiyalarning termodinamik va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor presizion adsorbsion-kalorimetrik usul bilan olingan tajriba ma’lumotlari, mikrog‘ovaklarning hajmiy to‘yinish nazariyasining ikki va uch a’zoli tenglamalarini qo‘llab olingan nazariy ma’lumotlar bilan mos kelishi aniqlangan;
ilk bor presizion adsorbsion-kalorimetrik usul bilan olingan sorbsiyalanish bo‘yicha gibrid polisaxarid-kremnezem nanokompozisiyalarning termodinamik funksiyalari aniqlangan;
gibrid polisaxarid-kremnezem nanokompozisiyalarda «sintez-tuzilish-xossa» o‘zaro bog‘liqligi va muayyan g‘ovak tuzilishli hamda solishtirma sirtli nanomateriallarni sintez sharoitlari aniqlangan;
gibrid polisaxarid-kremnezem nanokompozitlarda suv va benzol bug‘lari adsorbsiyasining termokinetikasi orqali adsorbsion muvozanat vaqti aniqlangan;
ilk bor gibrid polisaxarid-kremnezem nanokompozision materiallarda adsorbatlar adsorbsiyasi yuqori issiqlik bilan kuzatilishi va integral o‘rtacha molyar entropiyaning qiymati keskin kamayishi aniqlangan;
statik sharoitda DAS-kremnezem nanokompozision sorbsion gibrid materiallarining kadmiy (II), simob (II) va qo‘rg‘oshin (II) ionlari sorbsiyasini qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gibrid polisaxarid-kremnezem nanokompozision sorbentlar yordamida spektroskopik usulda og‘ir zaharli metallarni ajratish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zol`-gel` texnologiyasi orqali olingan diatsetatsellyuloza-kremnezem asosidagi gibrid nanokompozision sorbentlar yordamida simob (II), kadmiy (II), va qo‘rg‘oshin (II) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullari “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” MChJning 2017 yil 11 sentyabrdagi 781/09-z-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir zaharli metall ionlarini tozalashning samarali uslubini yaratish imkonini bergan;
zol`-gel` texnologiyasi usuli orqali olingan polimer-kremnezem sistemasi asosidagi gibrid nanokompozision sorbentlar yordamida og‘ir zaharli metall ionlarini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullari “Elektrokimyo zavodi” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyo zavodi” AJning 2016 yil 12-dekabrdagi 529-son ma’lumotnomasi). Natijada gal`vanik jarayonlardan hosil bo‘ladigan sanoat oqava suvlarni og‘ir zaharli metall ionlaridan tozalash imkonini bergan;
Argentina San Martin Milliy universitetining «Nanokompozit polimer-kremnezem yupqa plyonkalariga suv bug‘ining adsorbsiyasi» ilmiy tadqiqotida yangi polimer-kremnezemlarni fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashda foydalanilgan (Buenos Aires, Argentina, San Martin Milliy universiteti 2017 yil 1 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada polimer-kremnezem adsorbsion materiallarning termodinamik tavsiflash imkonini bergan;
gibrid polisaxarid-kremnezem nanokompozisiyalarining fizik-kimyoviy xossalaridan A-12-57 raqamli «Nanodispers kremnezem olishning zol`-gel` texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyihada zol`-gel` usulida nanodispers kremnezemni olinishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 yanvardagi 89-04-259-son ma’lumotnomasi). Natijada zol`-gel` usuli bo‘yicha sintez qilingan nanodispers amorf kremnezemni termodinamik va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish