Ulmasov Tulqun Usmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sochiluvchan polimerlar va organomineral to‘ldiruvchilarni aralashtirish va ular asosida mashinasozlik uchun kompozision materiallar va detallar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1760.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sochiluvchan polimerlar va organomineral to‘ldiruvchilar asosida kompozision materiallar va detallar olish uchun aralashtirish va aralashtirgichli qurilma texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sochiluvchan materiallarni aralashtirish uchun uzluksiz aralashtirish qurilma kinematik shaklining uzlukli aralashtirish usulining muqobili hisoblangan eng maqbul varianti ishlab chiqilgan; 
olinadigan aralashmaning tabiati va turiga qarab, aralashtirish moslamasining ishchi organlari aylanish tezligini bosqichma-bosqich o‘zgartirishi aniqlangan;
sochiluvchan materiallarni reversiv aralashtirishning yangi texnologiyasi va original moslamasi ishlab chiqilgan;
aralashtirish jarayoni jadalligining barabanni to‘ldirish darajasiga va reversiv aralashtirish moslamasining aylanish burchagiga bog‘liqligi asoslangan;
ishlab chiqilgan texnologiya bo‘yicha va uzluksiz harakatlanuvchi reversiv aralashtirgichning yaratilgan qurilmasida sochiluvchan polimer materiallarni va organomineral to‘ldirmalarni oldindan aralashtirish yo‘li bilan kompozision polimer materiallarning fizik-mexanik va antifriksion-eyilishbardosh xususiyatlarini oshishi asoslangan;
yaratilgan reversiv aralashtirish qurilmasida ishlab chiqilgan texnologiyasidan foydalangan holda olingan kompozision polimer materiallarining fizik-mexanik va tribotexnik xususiyatlari dastabki kompozision polimer materialiga nisbatan 1,5–1,8 baravar ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Aralashtirish texnologiyasi va kompozision polimer materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
termoplastik polimerlar asosida antifriksion va antifriksion-eyilishbardosh kompozision materiallar olish uchun texnologik reglamenti «Piskent paxtatozalash zavodi»da tasdiqlangan hamda ushbu texnologiya va uskuna "KB-KOMPOZIT" MChJda amaliyotga joriy etilib, 2000 kg kompozit polimer materiallardan iborat sinov partiyasi olingan (TR 192-2018 – LAiDK 10.01.2018). Natijada, yuqori fizik-mexanik va tribotexnik xususiyatlarga ega kompozision polimer materillardan qoziqchali qismlar ishlab chiqish imkonini bergan;
antifriksion va antifriksion-eyilishbardosh kompozision materiallardan olingan qoziqchali qismlar «Piskent paxtatozalash zavodi»da paxtani qabul qilish, saqlash va profilaktika ishlari davomida mashina va mexanizmlarning ishchi organlarida joriy etilgan («O’ZPAXTASANOAT» AJning 2020 yil 9 iyuldagi 02-18/2001-son; «PISKENT PAXTA TOZALASH» AJning 2020 yil 9 iyuldagi 76/01-son ma’lumotnomalari). Natijada, eyilishbardoshligi va shunga mos ravishda qoziqcha qismlarining ishlash muddatini 1,5–1,8 martaga hamda paxtani qayta ishlash mashinalari va mexanizmlarining mahsulotdorligi va samaradorligini oshirish, paxta tolasi va urug‘larining mexanik shikastlanishini, tozalash va ishlash paytida energiya sarifini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish