Shodmonkulov Zoxir Abduraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Linter mashinalari disk arrasi tishlarini ishlash layoqatini oshirish maqsadida ustki qatlamini texnologik sifatini ta’minlashda abraziv zarralar oqimi bilan ishlov berish”, 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T743.
Ilmiy rahbar:Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arra tishlarining yon sirtlarini abraziv oqimli ishlov berish orqali faollashtirib, linterlash jarayonini jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
abraziv oqimli ishlov berishda metallarning plastik deformatsiyasining dislokatsiya asosini hisobga oladigan sirt mikronotekisliklarini shakllantirish mexanizmi va modeli ishlab chiqilgan;
ishlov berilgan sirtning mikroprofil` notekisliklari balandligini hisoblash uchun analitik echim olingan;
abraziv oqimli ishlov berishda rejimli parametrlarga qarab g‘adir-budirlik balandligi parametrlaridagi o‘zgarishlar qonuniyatlari aniqlangan;
abraziv zarrachalar oqimi bilan arra tishlarining sirtlariga ishlov berish jarayonida olingan deformatsiyaning mustahkamlash (chuqurlik va puxtalik darajasi) parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erkin qattiq jismlarni urilishi natijasida mexanik ishlov berish texnologik imkoniyatlar, xususan, abraziv oqimli ishlov berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tishlariga abraziv zarra qora kremniy karbidi bilan abraziv oqimli ishlov berilgan linter arralari Toshkent viloyatining Bo‘ka va Piskent paxta tozalash korxonalariga joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 25 martdagi 02-18/1854-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitning mexanik shikastlanishni 25% ga, tukdorligi esa 20% ga kamaygan.
arra tishlarini mikrosharchalarda ikki tomonlama dinamik mustaxkamlash usuliga O‘zbekiston Respublikasining Intelektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (“Detallarga abraziv zarralar bilan ishlov berish uchun apparati” № FAP 20140159, 2016 y.). Natijada linter arralarining ishlash vaqtini ikki marotabaga ortishi linterlash samaradorligini oshishi imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish