Raximova Yayra Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarkibida nikel` nanozarrachalari bo‘lgan kompozision keramik materiallarni elektr xususiyatlari», 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM171.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Umarbek, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Ashurov Muxsindjon Xuramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Tashmuxamedova Dilnoza Artiqbaevna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oquvchanlik chegarasi sohasida tarkibida nikel` mikro- va nano zarralari bo‘lgan kompozision keramik materiallarni elektrofizik xususiyatlarining qonuniyatlarini o‘rnatish, ularda zaryad tashuvchilarning elektr o‘tkazuvchanlik mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida mikro- va nanozarralari bo‘lgan keramik kompozit materiallarni olish usullari ishlab chiqilgan;
tarkibida nanozarralari bo‘lgan keramik kompozit materiallarda zaryad tashuvchilarning elektr o‘tkazuvchanligi sakrash mexanizmi orqali tushuntirilishi asoslangan;
perkolyasion chegara sohasida tarkibida nikel` mikro- va nano zarralari bo‘lgan kompozit keramik materiallarda elektr o‘tkazuvchanlik, dielektrik singdiruvchanlik va termoEYuK o‘zgarish qonuniyatlari o‘xshash bo‘lib, kritik xarakterga ega ekanligi aniqlangan;
birinchi marotaba kompozision keramik materiallar elektr o‘tkazuvchanligi va dielektrik singdiruvchanligining nikelning nanozarralariga bog‘liqligidan perkolyasion chegaraning ikki turi aniqlangan: birinchisi klassik oqish nazariyasini ko‘rsatuvchi Vc qiymatda, ikkinchisi Vcd<Vc tunnel bog‘langan cheksiz klaster hosil bo‘lishida kuzatilgan;
keramik materiallarda hosil bo‘lgan cheksiz klasterning skeleti, tarmoqlarining hajmiy miqdori, zichligi, egriligi to‘ldiruvchi nanozarrachalarining hajmiy miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tarkibida nikel` nanozarralari bo‘lgan kompozision keramik materiallarni elektrofizik xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tarkibida nikel` mikro- va nano zarralari bo‘lgan kompozision keramik materiallarni olishning usullari va ulardagi zaryad tashuvchilarning elektr o‘tkazish mexanizmi, shuningdek, bunday tizimlarda nikel` zarralarining hajmiga qarab cheksiz klaster skeleti va o‘lik uchlarining hajmiy miqdori, zichligi, egriligiga bog‘liqligi OT-F2-050-raqamli «Oquvchanlik chegarasi sohasida tarkibida metall nanozarralari bo‘lgan kompozit materiallarning elektrofizik xossalari» mavzusidagi fundamental loyihada qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 89-03-5162-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi radio qabul qiluvchilarni quvvatlantirish uchun etarli bo‘lgan 6 V kuchlanishni olish uchun konvertorlarni ulash shartlarini ishlab chiqishga imkon bergan;
perkolyasion chegara sohasida tarkibida nikel` mikro- va nano zarralari bo‘lgan kompozit keramik materiallarda elektr o‘tkazuvchanlik, dielektrik singdiruvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik va termoEYuK holatlarining o‘rnatilgan qonuniyatlari xalqaro olimlar tomonidan zaryad tashuvchilarning elektr o‘tkazuvchanlik mexanizmlarini, nano o‘lchamli zarrachali kompozitlar xossalarini tushuntirishda foydalanilgan (Journal of the American Ceramic Society, 2010; Journal of the European Ceramic Society, 2018; Metallurgical and Materials Transactions A, 2014; http://digitalcommons.wayne.edu/oa dissertations, 2014; MRS Advances, 2019; DOE Hydrogen Program, 2009; Somputer modeling in engineering and sciences, 2008). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi murakkab strukturaga ega noyob xususiyatli nanokompozit materiallarni olish imkonini bergan.