Muxamedieva Dildora Kabilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Biologik populyasiyaning kross-diffuzion sistemalarini kompyuterli modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T242.
Ilmiy maslahatchi: Aripov Mersaid Mirsidikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,  DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Normaxmat, texnika fanlari doktori, professor; Uteuliev Nietbay Uteulievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mamatov Alisher Zulunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikki karra nochiziqli matematik modellarning sifat xossalarini tahlil qilish, avtomodel tahlil asosida  bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan muhitda ifodalanuvchi sonli sxemalar hamda amaliyotga tadbiq etish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p komponentali raqobatlashuvchi kross-diffuzion biologik populyasiya sistemalari uchun nochiziqli parchalash algoritmiga asoslangan avtomodel va taqribiy-avtomodel echimlarni olish usullari ishlab chiqilgan;
konvektiv ko‘chishli kross-diffuzion biologik populyasiya sistemalarining kompyuterli modellari ishlab chiqilgan;
ko‘p komponentali ikki karra nochiziqli va o‘zgaruvchan zichlikka ega biologik populyasiyaning kross-diffuzion sistemalarini kompyuterli modellari ishlab chiqilgan;
biologik populyasiyaning kross-diffuzion sistemalari echimlarining lokallashuv xossalari aniqlangan, global echimga egalik isbotlangan hamda Koshi masalasining umumlashgan echim baholari olingan;  
avtomodel tenglama va sistema echimlarining asimptotik hatti-harakati asoslab berilgan;
muhit parametri, fazoning o‘lchamlari va boshlang‘ich ma’lumotlarga ko‘ra ko‘p komponentali kross-diffuzion biologik populyasiya tenglamalari sistemasi uchun  Koshi masalasi echimining baholari olingan; 
biologik populyasiya kross-diffuzion tenglamalar sistemasining quyi va yuqori echimlarini qurish usullari ishlab chiqilgan;
iteratsion usullar yordamida sonli parametrlarning qiymatlariga ko‘ra kerakli aniqlikda hisoblashlarni ta’minlovchi mos boshlang‘ich yaqinlashishlar taklif qilingan;
nochiziqli kross-diffuzion matematik modellarni vizuallashtiruvchi sonli modellashtirishni amalga oshiruvchi hisoblash sxemalari, algoritmlar, dasturiy majmualar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Avtomodel tahlil asosida bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan muhitda ifodalanuvchi sonli sxemalar va tadqiqot usullari asosida:
parabolik tipdagi nochiziqli ko‘p komponentali biologik populyasiya masalasining avtomodel va taqribiy-avtomodel echimi, global echim uchun baholari hamda sonli echim usullari Tez tibbiy yordam respublika ilmiy markazining Andijon filialida, Andijon tibbiyot uyushmasi, Andijon ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida hamda Andijon viloyat infeksion kasalxonasida tadbiq etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 33-8/2959-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi infeksion kassaliklarning tarqalishi samaradorligini 15% ga oshirish imkonini bergan;
avtomodel va taqribiy avtomodel echimlarni olishning ishlab chiqilgan usuli hamda global va chegarlanmagan echimlarning bahosi Farg‘ona shahar tibbiyot uyushmasi, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filialida tadbiq etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 33-8/2959-son ma’lumotnomasi). Natijada infeksion kasalliklarning tarqalishini bashorat etish samaradorligini 15% ga oshirish imkonini bergan; 
kvazichiqli parabolik tenglamalar ko‘rinishida ifodalanuvchi ko‘p komponentali raqobatlashuvchi biologik populyasiya jarayonlarini ta’riflovchi nochiziqli matematik modellar  «Zarafshon» magistral tizimi boshqarmasida qaror qabul qilish masalalarini echishda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 33-8/2959-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi monitoring va qaror qabul qilish samaradorligini 25% ga oshirish imkonini bergan;
biologik populyasiya ko‘p komponentali raqobatlashuvchi tenglamalar sistemalari uchun Koshi masalasi echimining baholari, hamda sonli echish usullari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati boshqarmasida zarar bilan ishlayotgan korxonalarni iqtisodiy barqarorligini monitoring masalalarini echishda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 33-8/2959-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida zarar bilan ishlayotgan korxonalarni iqtisodiy barqarorligi monitoringini o‘tkazish yil yakuni bo‘yicha avvalgi yilga nisbatan ularning miqdorini Toshkent viloyatida 15% ga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish