Rahmonova Shahnoza Muhitdinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek she’riyatida aruzning poetik shakl va mazmun takomilidagi o‘rni”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil958.
Ilmiy rahbar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Boqijon To‘xliev, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek she’riyatida aruz tizimining poetik shakl takomilidagi o‘rnini Habibiy, Sobir Abdulla, Chustiy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov she’riyati misolida o‘rganish; ijodkorlar devonlaridagi vaznlarning mazmun bilan munosabatini tadqiq qilish; baytli she’r shakllarining vazn xususiyatlari, mazmun uyg‘unligi; kichik lirik janrlarning vazn va o‘lchov darajalari; bandli she’rlarda janr imkoniyatlarining istifoda etilishi bilan bog‘liq masalalarni yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek she’riyatida mumtoz lirik turning 17 janri, aruz tizimining 11 bahrida ijod qilinganligi misollar asosida isbotlangan;
aruz tizimidan foydalanishda Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Nodira, Muqimiy, Furqat kabi mumtoz ijodkorlarda uchramagan noan’anaviy vaznlar: rajazi musaddasi solim, hazaji musammani ashtari musabbag‘, hazaji murabba’i solim, hazaji murabba’i musabbag‘, mutadoriki musammani muzol, mutaqoribi musammani aslami musabbag‘lar ham istifoda etilganligi aniqlangan;
XX asr ikkinchi yarmi she’riyatida ruboiy janr va vazn xususiyatlariga ko‘ra an’anaviy (mumtoz) ruboiylar; dubaytiylar; to‘rtliklarga ajratilishi, tuyuqlar 1) ramal bahrida yaratilgan tuyuqlar; 2) tajnisga asoslangan tuyuqlar; 3) barmoq vaznida yaratilgan tuyuqlarga bo‘linishi dalillangan;
mustazod janrining yangi shakllari noan’anaviy tarzda to‘liq misra birinchi va to‘rtinchi, yarim misralar esa 2 va 3 qatorda kelishi bilan bog‘liq jihatlar oydinlashtirilgan; ilk marta Chustiy ijodida g‘azali qo‘sh muvashshah, muxammas-mustazod, muxammas-qasida, muxammas-marsiya yaratilganligi aniqlangan; XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek aruz tizimida tarkibbandlar an’anaviy marsiya mazmunida emas, balki ishqiy mavzuda yaratilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek she’riyatida aruzning poetik shakl va mazmun takomilidagi o‘rni mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek she’riyatida aruzning poetik shakl va mazmun takomilidagi o‘rni hamda aruz nazariyasiga oid ilmiy-nazariy qarashlar OF-F8-027 raqamli «Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati» (2007–2011 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada tizimli tadqiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 89-03-2686-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek she’riyatida «Funun ul-balog‘a», «Mezon ul-avzon» va «Aruz risolasi» kabi mumtoz manbalarga tayanilgan holda milliy aruzshunoslik nazariyalari takomillashtirilgan; 
davr shoirlari aruz tizimidan foydalanishda Lutfiy, Alisher Navoiy, Nodira, Muqimiylar ijodidan ta’sirlanish bilan bir qatorda, ularning she’rlarida mumtoz she’riyatimizda uchramagan noan’anaviy vaznlar: rajazi musaddasi solim, hazaji musammani ashtari musabbag‘, mutadoriki musammani muzol vaznlari ham istifoda etilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni asoslashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 89-03-2686-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek shoirlarining devonlaridagi she’rlar va g‘azallarning o‘zbek adabiyoti tarixidagi o‘ziga xos ahamiyati ochib berilgan;
ruboiy, tuyuq janrlarining janr va vazn xususiyatlariga ko‘ra, uch guruhga bo‘linib tasnif qilinganligi; baytli she’r shakllarining vazn xususiyatlari, mustazod va qasidada vazn va mazmun uyg‘unligiga doir nazariy qarashlar keltirilganligi; bayt asosidagi bandli she’rlarning o‘lchov imkoniyatlari va musammatlarning vazn xususiyatlari o‘rganilganligi, shuningdek, Chustiy, Sobir Abdulla ijodida ilk marta muxammas-mustazod, muxammas-qasida, muxammas-marsiya mavjudligi haqidagi natijalar A-1-98 raqamli «Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda Alisher Navoiy adabiy-pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 89-03-2686-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar asosida XX asr ikkinchi yarmida yaratilgan o‘zbek shoirlarining devonlaridagi aruz tizimidagi she’r va g‘azallar Alisher Navoiyning aruzga oid qarashlariga mosligi, milliy-ma’naviy va adabiy merosining ajralmas qismi ekanligi isbotini topgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish