Shokirov Sherali Ibrohimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli tizimli tillarda «ko‘z» leksik-semantik maydoni va uni tashkil etuvchi til birliklari tipologiyasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.2.PhD/Fil163.
Ilmiy rahbar: Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ingliz va o‘zbek tillarida “ko‘z” leksik-semantik maydonini hosil qiluvchi lisoniy birliklarning struktural-semantik, funksional xususiyatlariga asoslangan tavsif va tasnifini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ko‘z” leksik-semantik maydonining universal ta’rifi va maydon miqyosi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “ko‘z” leksik-semantik maydonini tashkil etuvchi leksemalar va ularning maydon miqyosidagi tutgan o‘rinlari asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “ko‘z” arxisemasini ot, sifat, son, olmosh, fe’l kabilar orqali ifodalanishining tayanch modellari va semantik tiplari chog‘ishtirilayotgan tillar materiallari asosida dalillangan;
“ko‘z” leksik-semantik maydoni tarkibidagi ma’no jihatdan zidlanuvchi leksemalarning lisoniy xususiyatlari va ularning shakllanish omillari isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “ko‘z” semantikasi so‘z birikmalari, frazeologik birliklar, gaplar orqali turli adabiy janr va nutqiy kontekstlarda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli tizimli tillarda «ko‘z» leksik-semantik maydoni va uni tashkil etuvchi til birliklari tipologiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida “ko‘z” leksik-semantik maydonining lingvo-kognitiv xususiyatlariga oid ilmiy natijalar va materiallaridan Andijon davlat universiteti professori Sh.Shahobiddinova rahbarligida 2007-2011 yillarda OT-F8-057 raqamli “O‘zbek tilini sistemaviy tadqiq etishning metodologik asoslari, metod va prinsiplarini shakllantirish” mavzusidagi fundamental va 2014-2017 yillarda A-1-39 raqamli “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13-martdagi 89-03-985-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi natijalari asosida tayyorlangan materiallardan maydon nazariyasi, lisoniy va nutqiy hodisalarning o‘zaro munosabati, til va tafakkur, umumlisoniy prinsiplarning falsafiy va lisoniy tafsifini berish kabi masalalar tadqiqida foydalanilgan, shuningdek til birliklarini sistemaviy tadqiq qilish metod va metodologiyasini ochib berishda jahon tilshunosligi materiallaridan foydalanilgan;
tadqiqot materiallari va natijalari, shuningdek, Andijon viloyat teleradiokompaniyasining “Nigoh”, “Nafosat”, “Ijod gulshani” ko‘rsatuvlari ssenariysini tuzishda muntazam ravishda o‘z fikr va ilmiy materiallari bilan ishtirok etib kelgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 27-fevraldagi 20-24/88-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan hamda “ko‘z” so‘zining ingliz va o‘zbek tillaridagi ma’nolari ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.
ingliz va o‘zbek tillarida “ko‘z” leksik-semantik maydonini ifodalovchi til birliklari va ularning ma’noviy xususiyatlari borasidagi materiallardan professor K.Jo‘raev tomonidan 2015 yilda chop etilgan “Tarjimashunoslik” kitobida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Akademnashr” 2018 yil 27-sentyabr` № 27\09-sonli ma’lumotnomasi). Jumladan, “sema, arxisema, argo, muqobilsiz leksika, zullisonaynlik, hijjaviylik, verbal kommunikatsiya, semasiologik aloqalar va boshqa” lingvistik mavzularni yoritishga xizmat qilgan. Tadqiqot natijalaridan foydalanish qo‘llanmaning nazariy materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
tadqiqotning ilmiy natijalari va amaliy takliflaridan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Guilford (Guilford) kolleji tillar kafedrasi professori Alfonso Abad Machcheno o‘zining “Leksikologiya, tipologiya va tilshunoslik” ma’ruza matnlarida foydalanayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olingan (ma’lumotnoma 2019 yil 30-oktyabrda taqdim etilgan). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida “ko‘z” leksemasiga oid to‘plangan materiallardan xorijlik tinglovchilarga o‘zbek tilini o‘qitishda keng foydalanish imkoniyati yaratilgan.