Fayziev Zohiddin Hasanboevichning
falsafadoktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kazusli vaziyatlarda sportchi emotsional holatini korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Psi54.
Ilmiy rahbar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori; Farfieva Kamola Atxamjonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kazusli vaziyatlarda sportchi emotsional holatini korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchilarda kazusli vaziyatlardagi emotsional holatni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari ishlab chiqilgan; 
Futbol akademiyalari va BO‘SM sportchilarining kazusli vaziyatlardagi emotsional holatini korreksiyalashga mo‘ljallangan metodik apparat tizimlashtirilgan;
sport faoliyatidagi kazusli vaziyatlarda emotsional holatni barqarorlashtiruvchi ijtimoiy-psixologik treninglar dasturi yaratilgan va uning samaradorligi aniqlangan; 
kazusli vaziyatlarda sportchi emotsional holatini korreksiyalashga mo‘ljallangan koping-strategiyasi tayyorlangan va barqaror emotsional holatni yuzaga keltiruvchi mukammal tizim yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kazusli vaziyatlarda sportchi emotsional holati o‘zgarishini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
sportchilarda kazusli vaziyatlardagi emotsional holatni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari ishlab chiqilganligi haqidagi ma’lumotlar Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, Futbol akademiyalari o‘quv mashg‘ulotlarida hamda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatida joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 15 fevraldagi PM-01-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 03-07-08-633-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy-psixologik tayyorgarligi sifatini oshirishga erishildi;
sport faoliyatidagi kazusli vaziyatlarda emotsional holatni barqarorlashtiruvchi ijtimoiy-psixologik treninglar dasturi yaratilganligi, uning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, Futbol akademiyalari o‘quv mashg‘ulotlarida hamda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2020 yil 15 fevraldagi PM-01-sonli bayoni bilan “Shaxsning ma’naviy va psixologik kamol topishi metodik ta’minotini ishlab chiqish” vazifasiga kiritilgan va Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatida joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 15 fevraldagi PM-01-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 2020 yil 17 fevraldagi 03-07-08-633-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport muasassalari uchun tayyorlanadigan maxsus amaliyotchi psixologlarda sportchilarning psixologik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
Futbol akademiyasi va BO‘SM sportchilarining kazusli vaziyatlardagi emotsional holatini korreksiyalashga mo‘ljallangan metodik apparat tizimlashtirilganligi haqidagi ma’lumotlar Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, Futbol akademiyalari o‘quv mashg‘ulotlarida hamda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 15 fevraldagi PM-01-son bayoni bilan “Jamiyatda dolzarb ijtimoiy muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va hal etish bo‘yicha ilmiy psixologik tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularda qo‘llaniladigan samarali metodlarni ishlab chiqilishini ta’minlash” vazifasiga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 15 fevraldagi PM-01-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 2020 yil 17 fevraldagi 03-07-08-633-son ma’lumotnomasi). Natijada, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining bo‘lajak amaliyotchi psixologlarining faoliyatida sportchi emotsional holatini boshqarish va uni engish borasidagi psixologik bilimlar bilan boyitish ta’minlangan;
kazusli vaziyatlarda sportchi emotsional holatining dinamik xususiyatlarini bartaraf etishga mo‘ljallangan koping-strategiyasi tayyorlanganligi hamda barqaror emotsional holatni yuzaga keltiruvchi mukammal tizimning yaratilishi haqidagi ma’lumotlar Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, Futbol akademiyalari o‘quv mashg‘ulotlarida hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 15 fevraldagi PM-01-son bayoni bilan “Davlat buyurtmasi hamda ijtimoiy talablar asosida jamiyat hayotidagi shaxs psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus tizimli muammolar bo‘yicha amaliy psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning echimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish” vazifasiga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 15 fevraldagi PM-01-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 03-07-08-633-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlar sportchi shaxsida paydo bo‘ladigan kazusli vaziyatlar va salbiy emotsional holatlarni bartaraf etish va boshqarish ko‘nikmalari yanada oshganligi kuzatilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish