Razzokova Surayyo Razzokovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «3d-metallarning oksadiazolin hosilalari bilan kompleks birikmalarini sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K172. 
Ilmiy rahbar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Mn(II), Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn tuzlarini 1,3,4-oksadiazolin-2-tion hosilalari asosida metallokompleks birikmalarini sintez qilish hamda ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Mn(II), Co(II), Ni(II), Cu(II) va Zn larning 1,3,4-oksadiazolin-2-tion hosilalari bilan 45 ta yangi kompleks birikmalar sintez qilingan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida ligandlar va sintez qilingan kompleks birikmalarning geometrik va energetik parametrlari, atomlardagi zaryadlarning taqsimoti, geometriyasi hamda reaksion qobiliyati aniqlangan;
element, energiya-dispersion, rentgenfazaviy, differensial termik analiz, elektron, IQ- va PMR-spektroskopik usullar yordamida sintez qilingan yangi birikmalarning individualligi hamda kristall va eritma holatida geterohalqali ligandlarning 3d-metall ionlariga koordinatsiyalanishi aniqlangan;
ilk bor 5-(3-gidroksifenil)-1,3,4-oksadiazolin-2-tion monogidrati – [3-OHC6H4-C2HON2S]·H2O] va 5-(3-yodfenil)-1,3,4-oksadiazolin-2-tionning rux xloridli yangi kompleks birikmasining kristall tuzilishlari hamda kompleksning tuzilishi surilgan tetraedrik shakldaligi [ZnNClSO] aniqlangan;
ilk bor Mn(II), Co(II), Ni(II), Cu(II) ionlarining xloridli, nitratli, atsetatli tuzlarini 1,3,4-oksadiazolin-2-tion xosilalari bilan kompleks hosil qilishini barqarorlik konstantalari va Mn(II)<So(II)<Ni(II)<Cu(II) qatorida barqarorlik konstantalari ortib borishi shuningdek, Irving-Vil`yams qatori qonuniyatlariga mos kelishi aniqlangan;
ilk bor g‘o‘za va bug‘doyni o‘sishini tezlashtiruvchi hamda hosildorligini oshiruvchi yangi samarali stimulyator yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1,3,4-oksadiazolin-2-tion hosilalarini 3d-metallar bilan yangi biologik faol metallokompleks birikmalarining sintezi va fizik-kimyoviy hamda biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
5-(3-gidroksifenil)-1,3,4-oksadiazolin-2-tion monogidratning rentgenstrukturaviy tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://doi.org/10.1107/S2414314619015323, CCDC 1965447). Natijada, o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
SR-1 stimulyatori Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklari maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 avgustdagi 02/025-1824-son ma’lumotnomasi). Natijada, SR-1 stimulyatorini qo‘llash paxtaning shonalashi va gullash davrini 2–4 kunga, paxtaning ochilishi 6–9 kunga qisqartirish, hosildorlikni o‘rtacha 24–32 % ga oshirib, o‘simlikdagi suvning transpiratsiya davrini o‘rtacha 14-18 % ga, shuningdek bug‘doy unib chiqishini 1–2 kunga tezlashtirish, etilish davrini 8–10 kunga qisqartirish va hosildorlikni 15–20 % ga oshirish imkonini bergan;
sintez qilingan kompleks birikmalardan VA-FA-F7-004 raqamli “Biologik faol birikmalarning metall komplekslari tuzilishiga haroratning ta’sirini o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada metallokompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 21 yanvardagi 4/1255-193-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-(3-gidroksifenil)-1,3,4-oksadiazolin-2-tionning yangi kompleksini olish va fazoviy tuzilishi hamda xossalarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish