Baltaeva Anadjan Tadjibaevnaning fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiyot darslarida o‘quvchilarni badiiy asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatish texnologiyasi”, 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped.542.
Ilmiy rahbar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xusanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Jumaxo‘ja Nusratullo Atoullo o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: adabiyot darslarida o‘quvchilarni badiiy asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan metodik tizimni aniqlash, nazariy jihatdan asoslash hamda nazariy empirik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni shakllantirish orqali ularni badiiy asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatish jarayoni metodik muammo sifatida ilmiy asoslangan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarni asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan ma’ruza, suhbat, seminar-trening, munozara, amaliy mashqlar ustida ishlash kabi dars turlari ishlab chiqilgan;
adabiyot darslarida asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatish jarayonining texnologik asoslari o‘quvchilarning ma’naviy-intellektual, kognitiv ko‘nikmalari, tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish misollar asosida dalillangan;
o‘quvchilarni badiiy asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatish jarayonining texnologik asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Adabiyot darslarida o‘quvchilarni badiiy asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mavzuga doir ishlab chiqilgan tavsiyalardan, o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik faoliyatini tashkil etishga doir takliflaridan F1-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida chop etilgan “Pedagogika” ensiklopediyasining I jildini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi 89-06-128-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyot darslarida o‘quvchilarni badiiy asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatishga doir pedagogik atamalarning mohiyati aniqlashtirilgan;
adabiyot darslarida asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatish jarayonining texnologik asoslari F1-XT-1-31247 raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida nashr etilgan “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini tashkil etish tamoyillari va parametrlari” qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi 89-06-128-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyot darslarida asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatish jarayonining texnologik asoslari psixologik-metodik yo‘nalishlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarni badiiy asar qahramonlarini tanqidiy baholashga doir amaliy metodik tavsiyalar Toshkent shahar Uchtepa, Yunusobod; Toshkent viloyati Angren shahri; Xorazm viloyat Urganch, Bog‘ot tumanlari umumta’lim maktablarining 5-9- sinflar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 martdagi 89-03-1003-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyot darslari samaradorligi oshirilgan.