Qurbonov Rufat Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xususiy banklarning resurs bazasi va uni mustahkamlash masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt964.
Ilmiy rahbar: Karaliev Turaboy Mamatqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi xususiy banklari resurs bazasini mustahkamlashning nazariy-uslubiy va amaliy asoslarini tadqiq qilish, uni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklarda resurs bazani mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha kapitalning asosiy tarkibi hisoblangan uzoq muddatli subordinar qarz majburiyatlarini xususiy banklar amaliyotida qo‘llash asoslangan;
xususiy banklar ustav kapitalini oddiy aksiyalarni emissiya qilish hisobiga oshirish amaliyotini rivojlantirish orqali ularning resurs bazasini mustahkamlash zarurligi asoslangan;
xususiy banklarda resurslarni jalb qilish holatini tahlil qilish asosida ularning resurs bazasini kredit, qarz, depozit mablag‘larni jalb qilish hamda bank kapitalini oshirish yo‘li orqali mustahkamlash bo‘yicha samarali mexanizmi taklif etilgan;
xususiy banklar resurs bazasining barqarorligini oshirish hamda mustahkamlashda yuridik shaxslarning muddatli va jamg‘arma depozitlariga ularning muddati va miqdoridan kelib chiqqan holda differensial foiz belgilash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xususiy banklarning resurs bazasi va uni mustahkamlash masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
banklarda resurs bazani mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha kapitalning asosiy tarkibi hisoblangan uzoq muddatli subordinar qarz majburiyatlarini xususiy banklar amaliyotiga kengroq jalb etish asosida XATB “Davr bank” tomonidan bank amaliyotida ilk bora uzoq muddatli subordinar qarz majburiyatlari jalb qilingan (XATB “Davr bank”ning 2020 yil 20 martdagi 525/5.4-7-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi bank resurs bazasining 38,1 mlrd. so‘mga oshishiga xizmat qilgan;
xususiy banklarning ustav kapitalini oddiy aksiyalarni emissiya qilish hisobiga oshirish amaliyotini rivojlantirish orqali ularning resurs bazasini mustahkamlash bo‘yicha taklifi XATB “Davr bank”ning resurslarini boshqarish amaliyotiga joriy etilgan (XATB “Davr bank”ning 2020 yil 20 martdagi 525/5.4-7-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi XATB “Davr bank” jami ustav kapitalining 63,0 mlrd. so‘mga oshishiga imkon bergan;
xususiy banklarda resurslarni jalb qilish holatini tahlil qilish asosida ularning resurs bazasini kredit, qarz, depozit mablag‘larni jalb qilish hamda bank kapitalini oshirish yo‘li orqali mustahkamlash bo‘yicha samarali mexanizmi taklifi XATB “Davr bank”ni o‘rta muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olingan va amaliyotga joriy etilgan (XATB “Davr bank”ning 2020 yil 20 martdagi 525/5.4-7-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning bank tomonidan amaliyotga joriy etilishi 2019 yil yakuni bo‘yicha bank resurs bazasi hajmini 60,4 foizga oshirish imkonini yaratgan;
xususiy banklarning resurs bazasini kengaytirish hamda mustahkamlash maqsadida yuridik shaxslarning muddatli va jamg‘arma depozitlariga ularning muddati va miqdoridan kelib chiqqan holda differensial foiz belgilash taklifi XATB “Davr bank”ning foiz siyosatida o‘z aksini topgan va amaliyotga joriy etilgan (XATB “Davr bank”ning 2020 yil 20 martdagi 525/5.4-7-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi bank tomonidan yuridik shaxslarga muddati va miqdoridan kelib chiqqan holda sifatli depozit xizmatlarini ko‘rsatishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, natijada, bankning resurs bazasi 2019 yilda 533,0 mlrd. so‘mga oshgan.