Abduvalitov Ergash Buranevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qardosh xalqlar adabiyotini qiyosiy o‘rganish (ta’lim o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va turkman tillarida olib boriladigan maktablarning V–IX sinflari adabiyot darslari misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Ped113.
Ilmiy maslahatchi: Matchonov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc. 03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Valijon Abdurahmanovich, pedagogika fanlari doktori; Mingboev Nurlan Jakipovich filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qardosh xalqlar adabiyotining o‘ziga xosligi va umumiy jihatlarini hisobga olgan holda qiyosiy o‘rganishning optimal mazmuni va maqsadiga muvofiq tarzda o‘zlashtirish yo‘llarini ilmiy asoslash misolida adabiyot o‘qitishning samaradorligiga erishishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun adabiyot fani bo‘yicha yaratiladigan dastur, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda qardosh xalqlar adabiyotini o‘qitishga doir integratsiyalashuv (ortiqcha takrorlarni bartaraf etish, keraksiz axborotlardan xalos qilish, mustaqil tafakkurni o‘stirish) mezonlari misollar asosida dalillangan;
umumta’lim maktablarida qardosh xalqlar adabiyotini qiyosiy o‘qitishning nazariy-metodik (kommunikativ tayyorlov, adabiy o‘lkashunoslik, madaniy-estetik bosqichlari) tizimi aniqlangan;
qardosh xalqlar adabiyotini o‘qitishni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish asosida o‘quvchilarning adabiy tayyorgarligini oshirish, dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirish, etnik ildizlarning umumiyligiga doir tasavvurlarni uyg‘otish, milliy tolerantlik va baynalmilallik tuyg‘ularini shakllantirish texnologiyalari (ijodiy topshiriqlar, interfaol metodlar, savol-topshiriqlar, nazorat shakllari) ishlab chiqilgan;
qardosh xalqlar adabiyotini o‘qitish misolida o‘quvchilarning o‘quv faolligini shakllantirishning ilmiy-metodik (ilmiylik, tarixiylik, baynalmilallik, qiyosiy tahlil, badiiylik, tushunarlilik tamoyillari) tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qardosh xalqlar adabiyotini qiyoslab o‘qitish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarda qardosh xalqlar adabiyotini qiyoslab o‘qitish metodlari va tamoyillarini takomilashtirish, adabiy ta’limga kompetent yondashuv mazmuni, 5–9-sinflar qozoq adabiyoti o‘quv dasturlarining qiyosiy tahliliga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 89-06-103-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi va adabiyot fani mazmuni takomillashtirilgan;
respublikamizdagi ta’lim o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman tillarida olib boriladigan maktablarda qardosh xalqlar adabiyotini qiyosiy o‘qitish tizimiga oid takliflardan Toshkent davlat pedagogika universitetida 2015–2017 yillarda bajarilgan A-1-118 raqamli “Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 noyabrdagi 89-03-4334-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman tillarida olib boriladigan maktablarda qardosh xalqlar adabiyotini qiyosiy o‘qitish mexanizmini amaliyotga joriy qilish imkoniyati ortgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy bag‘rikenglik, tolerantlik tuyg‘ularini umuminsoniy qadriyatlar bilan optimallashtirish va malakali kadrlar tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar asosida “Qozoq adabiyoti tarixi” nomli darslik ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-029 raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsiyasi hamda bilim darajalari ortishiga erishilgan;
qardosh xalqlar adabiyotini qiyosiy o‘qitishda samaradorlikka erishish mezonlariga oid takliflar qozoq maktablarining 6–8-sinf qozoq adabiyoti darsliklari mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2017 yil 24 fevral` va 2019 yil 5 martdagi 1-sonli Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma). Natijada, o‘qituvchilar kasbiy kompetensiyasining ilmiy-metodik ta’minoti amalga oshirilgan;
qardosh xalqlar adabiyotini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quvchilarning adabiy tayyorgarligini oshirish, dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishga oid takliflaridan Toshkent davlat pedagogika universitetida ITD-1-165 raqamli “Ta’lim bosqichlarida badiiy asarlarni sharxlash va izohlash yo‘li bilan o‘rganishning ilmiy-metodik asoslarini tadqiq etish” nomli loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1119-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qardosh xalqlar adabiyotini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari takomillashtirilgan.