Yusupov Muzafar Orifjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Azot va fosfor saqlovchi ftalotsianin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish va tadqiq qilish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1528.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida azot va fosfor tutgan xomashyolar asosidagi ftalotsianin pigmentlarining xossalarini yaxshilash hamda ularning tarkibida turli metall tutgan yangi hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diamidofosfat, ftalimid, karbamid va metall tuzlari asosida yangi tarkibli ftalotsianin birikmalari sintez qilingan;
sintez qilingan azot va fosfor saqlovchi ftalotsianin birikmalari tarkibining haroratga, sintez davomiyligiga, dastlabki tarkibiy qismlarning nisbatiga hamda muhitning rN ga bog‘liqligi aniqlangan;
azot va fosfor saqlovchi birikmalar asosida yangi tarkibli ftalotsianinlar olingan va ularning strukturaviy tahlili hamda termik barqarorligi aniqlangan;
azot va fosfor saqlovchi ftalotsianinlarning metall komplekslari asosida lok-bo‘yoq qoplamalari olingan va ularning fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari aniqlangan;
diamidofosfat, ftalimid, karbamid va metall tuzlari asosida ftalotsianinlar olishning texnologik usuli va ularni olish jarayonining maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Azot va fosfor saqlovchi ftalotsianin pigmentlari asosida lok-bo‘yoq materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida azot va fosfor tutgan ftalotsianin pigmentlari «O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Imidj tekstil`» MChJ va «Istiqlol Kushon Tekstil`» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2020 yil 22 iyundagi 04/18-1590-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sifatli ftalotsianin pigmentining natriy silikatli suvdagi eritmasi import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulot sifatida qo‘llash imkonini bergan;
azot va fosfor saqlovchi ftalotsianin pigmentlari qo‘shilgan poliakrilat dispersiyalar asosidagi lok-bo‘yoq materiallari «Sof Sifat Tekstil» MChJ QKda paxtadan olingan matolarni bo‘yashda joriy qilingan («Sof Sifat Tekstil» MChJ QKning 2020 yil 17 iyundagi 38-son ma’lumotnomasi). Natijada, yorqin rangli ftalotsianin pigmentlaridan foydalanish, bo‘yalgan matolarning fizik-kimyoviy, mexanik xossalarini yaxshilash imkonini bergan.