Eshboev Farhod Bakir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Narkotik moddalar iste’mol qiluvchi shaxslarni aniqlash uchun IFA test-sistema yaratish maqsadida morfin-oqsil kon’yugatlarini olish», 03.00.12 – Biotexnologiya, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B131.
Ilmiy rahbarlar: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Elvira Gaynatovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.V.38.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: narkotik moddalar iste’mol qiluvchi shahslarni aniqlash uchun IFA test-sistema ishlab chiqish maqsadida morfin-oqsil kon’yugatlarini olish va undan foydalanish jarayonlarini optimallashtarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor morfin-soya oqsili kon’yugati sintez qilingan;
soyaning 17 xil mahalliy navlarida umumiy oqsillar miqdori aniqlangan va ular orasidan “O‘zbek-6” navi eng oqsilga boy nav ekanligi isbotlangan;
ilk bor morfin-oqsil kon’yugatlarini olishda tashuvchi sifatida foydalanish maqsadida “O‘zbek-6” soya navi tarkibidagi oqsillarning aminokislotalar tarkibi aniqlangan;
morfin-soya oqsili kon’yugatidan narkomanlar qon zardobining IFA tahlilida foydalanish sharoitlari takomillashtirilgan;
morfin-soya oqsili kon’yugatining spesifikligi tijorat IFA test-sistemasining spesifikligi bilan taqqoslangan hamda morfin-soya oqsili kon’yugati asosida amalga oshirilgan IFA ning spesifikligi yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Narkotik moddalar iste’mol qiluvchi shaxslarni aniqlash uchun IFA test-sistema yaratish maqsadida morfin-oqsil kon’yugatlarini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
morfin-oqsil kon’yugatlarini mikroplanshetlarga adsorbsiyasini optimallashtirish jarayoni O‘simlik moddalari kimyosi instituti qoshidagi tajriba ishlab chiqarish korxonasida narkomanlar diagnostikasi uchun IFA diagnostikumlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 yanvardagi 4/1255-241-son ma’lumotnomasi). Natijada, morfin-soya oqsili kon’yugati asosida narkotik moddalar iste’mol qiluvchi shaxslarni aniqlashda arzon va sezgir IFA test-sistemalarini ishlab chiqish imkonini bergan;
quyi molekulyar oqsillarni ajratish uchun optimallashtirilgan soya oqsilini ajratish usullari FA-A11-T037 raqamli «Quyi molekulyar og‘irlikdagi oqsillarga asoslangan polisaharidlar va parhez qo‘shimchalari asosida prebiotik faolligi bo‘lgan agentlarni ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihasida o‘simliklardan ajratilgan oqsillarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va biologik faolligini aniqlashda nazorat sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 4 martdagi 4/1255-655-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik xomashyosidan prebiotik faollikka ega bo‘lgan quyi molekulyar oqsillar ajratib olish imkonini bergan.