Ashirov Oybek Norboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pichia pastoris achitqisida odam gepatit V virusi yuza antigeni, rekombinant S oqsilining ekspressiyasi», 03.00.12 – Biotexnologiya, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B413.
Ilmiy rahbarlar: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor; Sasmakov Sobirdjan Anarmatovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.V.38.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turdikulova Shaxloxon Utkurovna, biologiya fanlari doktori, professor; Raxmanberdieva Rano Karimovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pichia pastoris achitqi ekspressiya tizimida odam gepatit V virusi yuza antigeni - rekombinant S oqsilining ekspressiya usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transfer vektorlarda klonlashtirish uchun to‘liq o‘lchamli S-HVsAg genini maxsus restriksion saytlar hosil qilinib amplifikatsiya qilish uchun tegishli praymerlar sintezlangan;
ilk bor Pichia pastoris GS115 shtammida gepatit V virusi yuza S oqsilini kodlovchi rPIC3.5-S va rPIC9-S rekombinant plazmidalari klonlashtirilgan;
klonlashtirilgan rekombinant S genining nukleotid ketma-ketligi O‘zbekistonda tarqalgan gepatit V virusining D genotipiga mos ekanligi aniqlangan;
S oqsilini ekspressiya qiluvchi rekombinant Pichia pastoris GS115 shtammlari olingan;
S oqsilini yuqori darajada ekspressiya qiluvchi Pichia pastoris GS115 shtammining - MutS fenotipi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gepatit V virusi yuza antigenini kodlovchi S genini klonlashtirish, mazkur genning rekombinant Pichia pastoris achitqi shtammlaridagi ekspressiyasi hamda ushbu oqsilning antigenlik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rekombinant S oqsilini kodlaydigan gen ketma-ketligi NCBI xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (National Center for Biotechnology Information, U.S.National Library of Medicine, https:www.ncbi.nlm.nih.gov/guide/dna-rna/) ma’lumotlar bazasiga BankID 2308626 raqami orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Natijada, bazaga kiritilgan ma’lumotlar analogik oqsillarning aminokislota ketma-ketligini, antigenlik xususiyatlarini hamda mavjud antigen determinantlarining joylashgan o‘rnini aniqlash imkonini bergan;
Pichia pastoris achitqisida rekombinant S oqsilini kodlovchi nukleotidlar ketma-ketligi EMBL LR746134 ma’lumotlar bazasida ro‘yhatdan o‘tkazilgan (http://www.ebi.ac.uk). Natijada, keltirilgan ma’lumotlar analogik oqsillarning qiyosiy tahlilini global masshtabda amalga oshirish imkonini bergan.