Filatova Al`bina Vasil`evnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Strukturalangan gidrofil polimerlar asosida allergiyaga qarshi va yara bitkazuvchi kombinatsiyalangan faollikka ega dori preparatlarini yaratish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T334.
Ilmiy maslahatchi: Turaev Abbasxan Sabirxanovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti,
DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori, professor; Gafurov Maxmud Bokievich, kimyo fanlari doktori; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidrofil makromolekulalar tizimlari - karboksimetilsellyuloza, guar, pektin, poliakril kislotalarni strukturalash, ular asosida allergik teri kasalliklari va jarohatlarni davolash uchun kombinatsiyalangan yumshoq dori shakllarini xamda ul`tra tovush tashxisi uchun gellarni olish, ularning ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor guar smolasi eritmalarini borat ionlari va ularning komplekslari bilan strukturalash imkoniyati aniqlandi; [V(ON)4]- ionlari polisaxaridlarning sis tartibida joylashgan 2 va 3 uglerod atomlar angidroglyukopiranoz halqalaridagi ON guruhlari orqali tikilishi aniqlangan;
ilk bor Na-KMS, pektin va karbopolning strukturalangan gelli asos olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
zamburug‘li infeksiya asoratlari, allergiyani davolovchi «Fludigel`» geli, yarani davolovchi «Timogel`» original geli va ul`tratovush tashxisi uchun “Polijel` Ul`tra” kontakt muhitini olish texnologiyasi yaratilgan;
kombinatsiyalangan preparatlarni standartlash maqsadida texnologik, fizik-kimyoviy va biofarmatsevtik xususiyatlari aniqlangan;
preparatlar tarkibidagi faol komponentlarning miqdoriy tahlil usuli ishlab chiqilgan hamda dori vositalarining reologik xususiyatlariga konsentratsiya, rN, haroratning ta’siri aniqlangan;
kombinatsiyalangan preparatlarning samaradorligi terining allergik kasalliklari va yarani davolashda qo‘llash imkoniyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gidrofil polimerlarni strukturalash va ular asosida kombinatsiyalangan samarali preparatlar texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida metronidazol, xlorkeksidin va timoptin bo‘lgan kombinirlangan dori vositasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04608, 2012 y.). Natijada kuyish va yaraning bitish muddatini tezlashtiruvchi preparat yaratish imkonini bergan;
tarkibida difengidramin, flukonazol bo‘lgan kombinatsiyalangan dori vositasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05327, 2017 y.). Natijada allergiyaga qarshi yangi dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Timogel`» preparatiga vaqtinchalik farmakopeya maqolasi (№42 Uz-1844-2011) va tashkilot farmakopeya maqolasi (№42 O‘z-24474240-3110-2017) tasdiqlangan xamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat berilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati; shahodatnoma, №01574/06/17). Natijada import o‘rnini bosuvchi eksportga yo‘naltirilgan preparat ishlab chiqarish imkonini bergan;
sanoat reglamenti (PR 42 Uz-03873-939386-2010) va texnik shartlari (O’z DSt 2793:2013) tasdiqlangan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat berilgan hamda ul`tra tovush tashxisi uchun «Polijel` Ul`tra» kontakt gelini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati; DV/M0086/09/16-son guvohnoma). Natijada «Polijel` Ul`tra» kontakt gelini sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkonini bergan.