Atabaev Dilshot Xusainbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Turon platformasi sharqiy qismi bilan Tyan-Shan orogen strukturalari orasidagi zonalar Er po‘sti tuzilishining geologo-geofizik modeli», 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/GM24.
Ilmiy maslahatchi: Dolgopolov Feliks Gennad`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Shuxrat Sakidjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sadikova Lola Renatovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xodjimetov Alinazar Irismetovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geofizik ma’lumotlarning kompleks tahlillash asosida Turon platformasi sharqiy qismi bilan Tyan`-Shan` orogen strukturalari orasidagi hududlar Er po‘sti tuzilishining geologo-geofizik modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Turon platformasi sharqiy qismi bilan Tyan`-Shan` orogen strukturalari orasidagi zonalari uchun Moxo va konsolidatsiyalangan Er po‘sti yuzasi, paleozoy poydevori yuzasining chuqurliklari, yotish xarakteri, seysmik tezliklari aniqlangan;
Turon platformasi sharqiy qismi bilan Tyan`-Shan` orogen strukturalari orasidagi zonalari chuqurlik tuzilishini o‘rganish uchun, geozichlik modellashtirish va zilzila to‘lqinlarining almashinuv usuli ma’lumotlarini kompleks interpretatsiyalashga asoslangan yangi uslub yaratilgan;
ilk bor tadqiqot hududining geozichligi modeli qurilgan va neft`-gaz uchun istiqbolli anomaliyalar vujudga kelishiga moyil yotish chuqurligiga bog‘liq bo‘lmagan strukturalarni ajratuvchi anomal zich hamda zichligi past geologik jismlar bog‘lanish joylarining batafsil tafsifi olingan; 
geomorfologik tahlil va neotektonik hodisalarni rekonstruksiya qilish asosida Turon platformasining sharqiy qismi bilan Tyan`-Shan` orogeni strukturalari orasidagi zonalarining chuqurlik tuzilishi va hozirgi rel`efi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan; 
morfometrik tahlil va chuqurlik seysmik tadqiqotlari natijalari o‘zaro bir-birini to‘ldirib, Er po‘stining chuqurlik bo‘yicha tuzilishini tavsiflashda qo‘shimcha belgi bo‘lishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turon platformasi sharqiy qismi bilan Tyan`-Shan` orogeni strukturalarining o‘tish zonalari Er po‘stining tuzilishini geologo-geofizik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Turon platformasi sharqiy qismi bilan Tyan`-Shan` orogeni strukturalari orasidagi zonalarida Moxorovichich yuzasi, konsolidatsiyalashgan Er po‘sti yuzasi hamda paleozoy poydevori yuzasining chuqurliklari, yotish xarakteri, seysmik tezliklarini aniqlash uslublari «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 26 fevraldagi 06/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘rta Sirdaryo depressiyasi va Zarafshon botiqligida neft` va gazkonlarini qidirish uchun paleozoy poydevori yuzasi chegaralari hamda rel`efini aniqlash imkonini bergan;
er po‘stining chuqurlik tuzilishi va geologik chegaralarni aniqlashda geozichlik modellashtirish va almashingan to‘lqinlar bo‘yicha ma’lumotlarni kompleks tahlillash usuli «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 26 fevraldagi 06/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon botiqligi va Buxoro-Xiva neftgazdorlik viloyatining janubi-sharqiy qismlaridagi anomaliya hosil qiluvchi ob’ektlarni ajratish imkonini bergan;
yangi uglevodorod konlarini bashoratlash va qidirish maqsadida regional ishlarni hududning chuqurlikdagi tuzilishini hisobga olgan holda olib borish bo‘yicha tavsiyalar «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 26 fevraldagi 06/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, regional ishlarni hududning chuqurlikdagi tuzilishini hisobga olgan holda samarali optimallashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish