Seytbekov Adilbay Batirbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «K.Raxmanov ijodida epik va dramatik asarlar sintezi», 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil769.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetov Quo‘anishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jarimbetov Kurbanbay Qudaynazarovich  filologiya fanlari doktori, professor. Mambetova Mexriban Kamalovna  filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: K.Raxmanovning epik va dramatik asarlarini talqin qilish, adib ijodida ifoda o‘ziga xosligini aniqlash, bir turdagi badiiy asarni ikkinchi turga transformatsiyalash va sintezlash tajribasi natijalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr qoraqalpoq adabiyotining yorqin namoyandasi K.Rahmanov ijodida epik va dramatik asarlar transformatsiyasi masalasi hozirgi adabiyotshunoslik talablari asosida nazariy jihatdan  belgilangan; 
bir adabiy turdagi asarni ikkinchi turga qayta ishlashda muallif badiiy dunyoqarashi va poetik mahoratining ortib borishi o‘z-o‘ziga adabiy ta’sir nuqtai nazaridan qiyosiy aspektda ko‘rsatib berilgan; 
umuman badiiy adabiyotda bir turdagi asarni ikkinchi turga moslashtirish yoki qayta ishlash o‘zini qaydarajada oqlashi masalasiga munosabat bildirilgan;
K.Raxmanov nasriy va dramatik asarlarining qoraqalpoq adabiyotini g‘oya va mavzu jihatidan boyitishdagi o‘rni va mohiyati aniqlangan;
badiiy-adabiy sintez natijasida paydo bo‘lgan yangi asarlarning poetik qiymati belgilanib, ularning tuzilishi jihatidan o‘ziga xosliklari qiyosiy-tipologik yo‘nalishda baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpoq adabiyotida epik va dramatik asarlarning transformatsiyasi o‘ziga xos xususiyatlari va ijodkor badiiy mahoratini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Janrlar transformatsiyasi va sintezi masalasida K.Raxmanov ijodiy mahoratining namoyon bo‘lishidagi o‘ziga xosliklardan FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilayotgan FA-FA-0-4349  «Qoraqalpoq fol`klor va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini  tadqiq etish» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2012-2016 yil 22 iyun`dagi 17.01\65-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarning qo‘llanilishi natijasida K.Raxmanovning ijodiy individualligi va badiiy mahorati bo‘yicha qarashlar yanada oydinlashtirilgan; 
K.Raxmanov adabiy merosining milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati va ular yaratgan obrazlarning yosh avlod ma’naviy olamini boyitishdagi roliga doir ilmiy xulosalardan «Qoraqalpog‘iston» teleradiokompaniyasining 2016 yil fevral`-mart va 2017 yil oktyabr` oylaridagi «Meros», «Assalomu aleykum, Qoraqalpog‘iston!»  ko‘rsatuvlari hamda «Adabiyot va davr» madaniy-ma’rifiy eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokom¬paniyasining 2020 yil 2 iyun`dagi 01-02/112-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi keng xalq ommasining badiiy adabiyotga qiziqishini yanada kuchaytirish va kitobxonlik madaniyatini o‘stirishga xizmat qilgan;
tadqiqot ishi materiallaridan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi mussasalari xizmatini metodik ta’minlash va tashkillashtirish bo‘limiga qarashli Nukus shaxar 27, 34, 36 sonli va Nukus tumani 1, 6, 21, 30, 31 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim jarayoniga tatbiq etilib, ijobiy natijalarga erishildi. 2016 yildan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9 sinflarida o‘qitiladigan “Qoraqalpoq adabiyoti” darslarida adabiyotga oid mavzularning mazmunini takomillashtirishda amaliy yordam berishi aniqlangan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 19 iyun`dagi 02-01/2-1706-son ma’lumotnomasi). Shu orqali  K.Raxmanovning qoraqalpoq adabiy muhitidagi o‘rni, ijodining o‘ziga xosligi, epik va dramatik asarlarida yaratilgan qahramonlar obrazining komil inson tarbiyasidagi roli va ahamiyati bo‘yicha tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan;
asarlarning bir badiiy turdan ikkinchi turga qayta ishlanishining nazariy asoslari va hozirgi qoraqalpoq adabiyotida badiiy tafakkurning yangilanishiga doir ilmiy qarashlar ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari hamda yosh iste’dodlar mahoratini oshirishga bag‘ishlangan seminarlarda bayon qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish