Umidov Shavkat Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharbatbop qovoq (Cucurbita L.) navlarini agrobiologik, texnologik xususiyatlari va sharbat olish texnologiyasini ilmiy asoslash”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx.347.
Ilmiy rahbar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismail Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Rustamov Abdumalik Sattorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi madaniy qovoq ekinlari kolleksiyasidan sharbatbop qovoqlarning tur va navlarini tanlash, agrobiologik, texnologik, saqlash muddatlari va xususiyatlarini o‘rganish, qovoq sharbati olish texnologiyasini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qovoqning saqlashga va sharbat olishga mo‘ljallangan yirikmevali qovoq madaniy turiga mansub Ispanskaya 73, Voljskaya seraya 92 va muskat qovoq madaniy turiga mansub Palov kadu 268 navlari aniqlangan;
sharbatbop qovoq mevalarining texnologik, organoleptik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
qovoq mevalarini butun va tilim holatda saqlash bo‘yicha maqbul saqlash sharoiti va muddati aniqlangan;
qovoqdan sharbat tayyorlashda sharbat miqdorini oshirish uchun issiqlik ishlov berish usulini qo‘llashning afzalligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharbatbop qovoq va navlarining agrobiologik, texnologik xususiyatlari va sharbat olish texnologiyasini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
sharbat ishlab chiqarish korxonalari, saqlash omborlari va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Sharbatbop qovoq navlarini saqlash va ulardan sharbat olish» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 noyabrdagi 02/035 – 3838-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari va qovoq sharbati ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun tayanch qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sharbatbop qovoqning navlarini etishtirib, tovarboplik xususiyatlarini yuqori bo‘lgan qovoq hosilini olish bo‘yicha ishlanmalar Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanining «Kumush tog‘lar jilosi» fermer xo‘jaligida – 1,2 ga, Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi «Ikromjon Orzu Ishonch» fermer xo‘jaligida – 1,1 ga va shu tumanning «Tursunoy Yazdonqul Fayz» fermer xo‘jaligida – 1,2 ga, jami 3,3 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 noyabrdagi 02/035 – 3838-son ma’lumotnomasi). Natijada Ispanskaya 73 va Voljskaya seraya 92 navlaridan o‘rtacha gektaridan 19,1 tonna hosil olishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik 11-14% ga oshgan holda gektaridan o‘rtacha 72 mln. 680 ming so‘m daromad olishga erishilgan;
qovoq mevalaridan sharbat ishlab chiqarish korxonalari uchun qovoq sharbati ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «G‘AZALKENT MEVA» MChJ da qovoq xom ashyosini qayta ishlashda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 noyabrdagi 02/035 – 3838-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha sharbat chiqishi 8% ga oshishiga erishilgan.