Odinaev Mirzamad Isaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mayizbop (germiyon) uzum navlarining agrobiologik, texnologik xususiyatlarini baholash va quritish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Qx285.
Ilmiy rahbar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Numan Boboevich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaxidov Baxtiyor Jaloliddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzumning yirik g‘ujumli mayizbop (germiyon) navlarining agrobiologik, texnologik xususiyatlarini baholash va quritish texnologiyasining samarali elementlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor uzumni mayizbop (germiyon) navlarining agrobiologik xususiyatlarini tavsiflangan, g‘ujumining mexanik va biokimyoviy tarkibi aniqlangan;
uzumning yirik g‘ujumli navlarining texnologik – mayizboplik (germiyon) ko‘rsatkichlari baholangan;
sifatli mayiz (germiyon) olish uchun uzum g‘ujumiga ishqorli tabiiy ekstrakt – mahalliy Salsola arbuscula Pall. o‘simligi qaynatmasi bilan ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
uzumning mayizbop navlarini qora plyonkali usti yopiq qurilmalarda quritishning afzalligi aniqlangan;
quyosh batareyali quritish qurilmasida uzumning mayizbop navlarini quritishning samarali usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mayizbop (germiyon) navlarining agrobiologik va texnologik xususiyatlarini baholash va quritish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Uzumning yirik g‘ujumli navlaridan sifatli mayiz (germiyon) olish texnologiyasi» mavzusidagi tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 noyabrdagi 02/035-3848-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida sifatli mayiz mahsuloti ishlab chiqarishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
uzumning mayizbop navlaridan germiyon chiqishi va uning sifatiga takomillashtirilgan quritish usuli – mahalliy Salsola arbuscula Pall. o‘simligi qaynatmasi bilan ishlov berib quritishning ta’siri ishlanmasi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani «Tolmas Mardoy» fermer xo‘jaligida 6,9 ga, «Setora Mengboeva» fermer xo‘jaligida 9,7 ga, «G‘arovbuloq olmasi» fermer xo‘jaligida 4,3 ga, jami 20,9 ga maydonda etishtirib kelinayotgan uzumning mayizbop Sultani, Kara djandjal  navlarini quritishga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 noyabrdagi 02/035-3848-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan ishlanma asosida xo‘jalikda an’anaviy quritish usuliga nisbatan sifati yuqori bo‘lgan har gektardan 5,2-5,6 tonnagacha mayiz olishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 146% ni tashkil etgan; 
uzumning mayizbop navlaridan germiyon chiqishi va uning sifatiga takomillashtirilgan quritish usuli – qora plyonka yopilgan yarim ochiq chodirda quritishning ta’siri ishlanmasi Samarqand viloyati Toyloq tumani «Baxriddin Shoxjaxon» fermer xo‘jaligida 4,8 ga, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani «Tolmas Mardoy» fermer xo‘jaligida 6,9 ga, jami 11,7 ga maydonda etishtirib kelinayotgan uzumning mayizbop Sultani, Katta Kurgan, Xusayne muskatniy navlarini quritishga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 noyabrdagi 02/035-3848-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan ishlanma asosida xo‘jalikda an’anaviy quritish usuliga nisbatan sifati yuqori bo‘lgan har gektardan 5,2-5,4 tonnagacha mayiz olishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 130-132% ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish