Asqarov Nosirjon Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Nomlanmagan shartnomalarni fuqarolik huquqiy tartibga solishning nazariy va amaliy muammolari”, 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Yu243.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Rustam Djabbarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor, Topildiev Voxidjon Rahimjonovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: nomlanmagan shartnomalarni takomillashtirish va fuqarolik huquqiy tartibga solish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy-nazariy muomalada “odatdan tashqari mazmundagi”, “notipik”, “me’yordan chetga chiqqan”, “nomsiz”, “aralash”, “yangi”, “malakalanmagan” nomi bilan uchraydigan fuqarolik huquqiy shartnomalar va “nomlanmagan shartnoma” tushunchasiga mualliflik ta’rifi berilgan;
nomlanmagan shartnoma munosabatlarining mazmun-mohiyati va tartibga solish xususiyatlariga ko‘ra nomlanmagan unitar va nomlanmagan aralash turlariga ajratilib tasniflangan;
“fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi tibbiy xizmatlardan foydalanish va ularning sifatini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimiz qonunchiligida mavjud bo‘lmagan “sun’iy urug‘lantirish”, “surrogat onalik” kabi tushunchalarni qonunchilikka kiritish taklif etilgan;
tayyor dori mahsulotlarini mamlakatimizga qadoqlanmagan holda olib kirish hamda qayta qadoqlash orqali realizatsiya qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida farmatsevtika faoliyatida “in bulk” asosida olib kiriladigan mahsulotlarni O‘zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulot toifasidan chiqarish taklif qilingan; 
tibbiyot buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qadoqlash, iste’mol o‘rami va markirovkasidan boshqa barcha texnologik jarayonlardan o‘tgan har qanday tibbiyot buyumini “In bulk” mahsulot deb e’tirof etish taklif etilgan; 
nomlanmagan shartnoma doirasida futbolchilarni klubdan klubga o‘tish masalasini rasmiylashtirishda qo‘llaniladigan namunaviy transfer shartnomasi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nomlanmagan shartnomalarni fuqarolik huquqiy tartibga solishning nazariy va amaliy muammolari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 martdagi O‘RQ-528-sonli “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi 3-4-bandlari, 10-moddasi 1-qismi, 15-moddasi 1-qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 25 iyundagi 168-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi nomlanmagan shartnoma tavsifini qonun hamda normativ hujjatlarda aks ettirishga, shuningdek, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi tibbiy xizmatlardan foydalanish  va ularning sifatini ta’minlash bo‘yicha shartnoma munosabatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.01.2018 yildagi PQ-3489-sonli “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari tug‘risida”gi Qarorining 2-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining 2019 yil 4 iyuldagi 1/16-232- son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi respublikamizda dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni tartibga solish chora-tadbirlarini tayyorlash, “in bulk” mahsulot asosida ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari maqomini aniqlash va tartiblashtirish amaliyotini boyitgan;
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan transfer shartnomasining namunaviy shakli ko‘rib chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 21 avgustdagi 03-07-08-3223-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur shartnomaning xalqaro standartlar asosida amaliyotga joriy etilishi belgilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish