Sherov Alisher Bakberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt510.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Akbar Abduxamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha imtiyozlar berish taklif etilgan;
venchurli moliyalashtirish tizimidan foydalanish asosida oliy ta’lim muassasalarining innovatsion ishlanmalarini moliyalashtirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini yaratish asoslangan;
oliy ta’lim muassasalariga mahalliy hamda xorijiy homiylik mablag‘larini jalb qilish maqsadida endaument fondlarini yaratish va undan foydalanishning samarali mexanizmi ishlab chiqilgan; 
“Bitiruvchilar jamg‘armasi”ni tashkil etish orqali oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilishi asoslangan hamda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy barqarorlikni oshirish maqsadida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4555-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 87-04-2212-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi orqali 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov 25 foizdan 12 foizga tushirildi va buning natijasida bir nafar talabaga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar miqdorining kamayishiga olib kelgan;
oliy ta’lim tizimini venchurli moliyalashtirish mexanizmini joriy etish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmonini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 87-04-2212-son ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizmning joriy qilinishi natijasida oliy ta’lim muassasalariga investisiyalar jalb qilinishiga, risklilik darajasi yuqori bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish manbalarini kengayishiga imkon yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalariga mahalliy va xorijiy investisiyalarni, shuningdek, homiylik mablag‘larini keng jalb qilish maqsadida endaument fondlarini tashkil etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy  ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2019 yil 21 oktyabrdagi 87-04-2212-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida alohida byudjetdan tashqari jamg‘armaning shakllanishiga hamda mahalliy va xorijiy investisiyalarni jalb qilish imkoniyatini yaratgan. Bu esa, o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalari moliyaviy barqarorligining oshishiga, ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishiga hissa qo‘shgan;
oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari manbalarini kengaytirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining “Bitiruvchilar jamg‘armasi”ni tashkil etish bo‘yicha bergan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Ta’lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 321-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 87-04-2212-son ma’lumotnomasi). Ushbu jamg‘armaning tashkil etilishi natijasida 2019 yilda Navoiy davlat konchilik institutida birinchi “Bitiruvchilar jamg‘armasi” tashkil etilgan hamda oliy ta’lim muassasasiga qo‘shimcha mablag‘larning jalb etilishiga zamin yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish